Gidrofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrofon (gidro... va fon) —suv ostida tovush tebranishlari va ultratovush (UT) signallarini qabul qiladigan va ularni elektr tebranishlarga aylantiradigan kurilma. Suv ostidagi signallarni tutish va shovqinlarni eshitish, suv ostida masofalarni oʻlchash maqsadlarida qoʻllaniladi, yoʻnaltirilgan gidroakustik antennaning bir qismi hisoblanadi. Elektrodinamik, pyezoelektrik va magnitostriksion effektlarga asoslangan G.lardan keng foydalaniladi. G.ning eng muhim koʻrsatkichi —sezgirlik; uning sezgir elementlari (oʻzaklari) yupqa plastinalardan yigʻiladi. G. gidroakustik qurilmalar (gidrolokator, shovqin pelengatorlari, akustik mina portlatgichlar va b.)da ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil