Gidrofob qoplamalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gidrofob Qoplamalardan yoʻnaltirildi)

Gidrofil qoplamalar — gidrofil (suv bilan yaxshi taʼsirlashadigan) materiallar sirtiga yupqa qatlamda beriladigan suv oʻtkazmaydigan moddalar. Materiallarga gidrofoblash eritmalari, emulsiyalari yoki bugʻlari bilan ishlov berib, monomolekulyar satlam yoki yupqa parda koʻrinishidagi G. q. hosil qilinadi. Bunday G. q. suv bilan kam taʼsirlashib, material sirtida mustahkam oʻrnashib qoladi. Gidrofoblagichlar sifatida yogʻli kislotalarning hamda mis, alyuminiy, sirkoniy va b. metallarning tuzlari, organik birikmalar ishlatiladi. G. q. turli materiallar (metall, yogʻoch, plastmassa, charm, tolali materiallar)ni suvning yemiruvchi yoki namlash taʼsiridan himoya qiladi. Mashinasozlik, qurilish va toʻqimachilik sanoatida keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil