Gidrodinamik qarshilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrodinamik qarshilik -suyuqlik (gaz)ning jism harakatiga yoki quvur devorining oqayotgan suyuqlikka (gazga) qarshiligi. G.q. bosim va ishqalanish kuchi taʼsirida hosil boʻladi. Jism harakatlanmay turganda suyuqlik (gaz) oqsa yoki jism harakatsiz muhit (suyuqlik yoki gaz)da harakatlansa, G.q. jismga taʼsir qilayotgan barcha kuchlar bosh vektori proyeksiyasiga teng boʻladi va x bilan belgilanadiyu Uchish apparatlarining G.q. i Sx ni aerodinamik qarshilik deb ataladi. G.q. gidrotexnika inshootlari, qurilmalari, apparatlari (turbina qurilmalari, havo va gaz tozalash apparatlari, gaz, neft va suv quvurlari magistrali, kompressorlar, nasoslar va b.)da hisobga olinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil