Gidatodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidatodlar (yunoncha: Hydotod, hydotos — suv va hodos — yoʻl, teshik) — oʻsimliklardan suv va tuzlarning quyuq tomchi holida ajralishiga imkon beradigan barg hujayralari. Nam iklimda oʻsadigan oʻsimliklar uchun xos. Suv ajratish G. orqali passiv (ildiz bosimi tufayli) yoki epiderma orqali faol sodir boʻlishi mumkin. G., odatda, barglarning qirralari va tishchalarida boʻladi. G. funksiyasini maxsus bezli tukchalar (trixomalar) bajarishi mumkin. Gidatodli oʻsimliklar nam tropik oʻrmonlarda koʻp uchraydi. G. orqali suv ajratish tuproq va havo namligi yuqori boʻlganda ayniqsa jadal boradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil