Gianpiero Combi
![]() | |||||||||||||||||||
Umumiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||
Laqabi | Rezina odam (Uomo di Gomma)[1] | ||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana va joyi | 1902-yil 20-noyabr[2][3]Italiya, Turin | ||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1956-yil 12-avgust[2] (53 yosh) Italiya, Turin | ||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ![]() | ||||||||||||||||||
Boʻyi | 174 sm | ||||||||||||||||||
Ampulasi | |||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||
Xalqaro medallari | |||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||
![]() |
Gianpiero Combi (italyancha: Gianpiero Combi)—1902-yil 20-dekabrda Italiyaning Turin shahrida tugʻilgan.Italiyalik futbol darvozaboni. Futbol tarixidagi jahon chempionatida gʻalaba qozongan eng boʻyi past darvozabon[4].
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gianpiero Combi „Yuventus“ jamoasiga „Keksa senyora“ prezidenti Eduardo Agnelining taklifiga koʻra keldi.Uning oilasi Gianpiero Combi oilasi bilan doʻstona munosabatda edi.
Darvozabonning Italiya chempionatidagi debyuti 1921-yil 30-oktabrda „Spezia“ jamoasi bilan oʻyinda boʻlib oʻtdi.Oʻsha paytda u endigina oʻn sakkiz yoshda edi, ammo bu Gianpiero Combining klub yetakchilaridan biriga aylanishiga toʻsqinlik qilmadi.Umberto Kaligaris va Virjinio Rosetta bilan birgalikda u "Afsonaviy trio" ("Trio della Legenda") deb ataladigan jamoani tuzdi.Bu esa klubning keyingi oʻyinlarining asosiga aylandi.
Uning terma jamoadagi debyuti muvaffaqiyatsiz boʻldi.Vengriya bilan oʻyinda 1:7 hisobda magʻlub boʻldi va Gianpiero Combi uchun butun yil davomida terma jamoaga yoʻl yopildi.
1926-yilda u faoliyatidagi birinchi Skudetto sohibiga aylanadi."Yuventus" uchun bu ketma-ket ikkinchi sovrin boʻladi.Ikki yil oʻtgach Gianpiero Combi oʻz mamlakati terma jamoasi bilan birgalikda 1928-yilgi Olimpiada o'yinlarining bronza medallari sohibiga aylanadi.Ishonchli oʻyin koʻrsatgan darvozabon „Jenoa“dan De Pra ismli raqobatchisini asosiy tarkibdan chiqarib yubordi va professional faoliyatining oxirigacha bu oʻrinni qoʻldan boy bermaydi.1931-yildan 1933-yilgacha Gianpiero Combi „Yuventus“ bilan uch marta chempionlikni qoʻlga kiritdi va bu unga 1934-yilgi Jahon chempionatiga „oltin“ yoʻllanmani kafolatlaydi.Oʻta beoʻxshov va qoʻpol oʻyin koʻrsatgan Italiya baribir finalga chiqishga muvaffaq boʻldi.U yerda argentinalik Raymundo Orsi va „oʻzlarining“ Skyavio saʼy-harakatlari evaziga Chexoslovakiyadan 2:1 hisobida ustun keldi.Bu „Rezina odam“ning soʻnggi xalqaro oʻyini edi.
Shuningdek Gianpiero Combi hisobida ikkita titul bor.Bular ikkita Gerin kubogi (1930, 1935) boʻlib, bu titul hozirgi zamonaviy Yevropa chempionatining oʻxshashidir.
Gianpiero Combi professional faoliyatini yakunlagach, bir muddat „Yuventus“ darvozabonlarini boshqargan.Shundan soʻng oʻzini terma jamoa murabbiyi sifatida sinab koʻrgan.Bu lavozimda u bor-yoʻgʻi beshta oʻyin oʻtkazdi.
Ayni paytda Combi ismi „Yuventus“ning farm klublaridan biri hisoblanadi.
SSSR terma jamoasi darvozaboni Rinat Dasayev bilan birgalikda u Yevropadagi barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlari roʻyxatida 16-oʻrinni band etishadi.1956-yil 12-avgustda vafot etgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Razmer ne vajen. Luchshie nizkoroslie vratari XX veka[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 Gianpiero Combi // https://pantheon.world/profile/person/Gianpiero_Combi
- ↑ Gianpiero Combi // FBref.com Wayback Machine saytida arxivlandi (3-sentabr 2022-yil). (mn.)
- ↑ „World Cup Champions Squads 1930 - 2018“. www.rsssf.com. 25-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-aprel 2020-yil.
5.Italiya futbol federatsiyasi saytida terma jamoa uchun oʻyinlar statistikasi Wayback Machine saytida arxivlandi (10-aprel 2009-yil).(ital.) )
6.Futbol entsiklopediyasida futbolchi haqidagi maʼlumotlar(ital.) )