Giampiero Boniperti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Giampiero Boniperti (italyancha: Giampiero Boniperti)—Italiya sport va siyosiy arbobi.Boniperti 1928-yil 4-iyulda Italiyaning Barengo shaxarchasida tugʻilgan.U butun futbolchilik faoliyatini "Yuventus" da oʻtkazdi[1].U faoliyati davomida beshta A Seriya va ikkita Italiya kubogini qoʻlga kiritgan.Shuningdek,u Italiya terma jamoasida xalqaro miqyosda oʻynagan.1950 va 1954-yillarda Jahon chempionatlarida va 1952-yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarining final bosqichlarida Italiya terma jamoasi safida ishtirok etdi.Professional futboldan ketgandan soʻng Boniperti „Yuventus“ bosh direktori va raisi, keyin esa Yevropa parlamenti deputati boʻlib ishlagan.

Bonipertini bir qancha ekspertlar jumladan Mario Skonserti Italiya va „Yuventus“ning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida baholaydi.Bruno Nikol kabi baʼzi sportchilar tomonidan barcha davrlarning eng zoʻr italiyalik futbolchisi deb eʼtirof etiladi.[2][3][4][5] Barcha musobaqalarda urilgan 182 ta golli rekordi 2006-yil 10-yanvarga kelibgina Alessandro Del Pero tomonidan yangilangan.40 yildan ortiq vaqt davomida „Yuventus“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan Bonipertining rekordi shu tariqa yangilandi.[6] 2010-yil 14-fevralda Del Pero A Seriyadagi 444-oʻyinida „Jenoa“ qarshi oʻtkazib 3:2 hisobda gʻalaba qozondi va oʻyin oʻtkazish boʻyicha Boniperti rekordini yangiladi.[7] „Yuventus“ tarkibida 443 ta oʻyin oʻtkazgan Boniperti hozirda Del Pero va Janluiji Buffondan soʻng uchunchi oʻrinda bormoqda.[8] Boniperti shuningdek „Yuventus“ futbolchisi sifatida A Seriyada eng koʻp daqiqa oʻynagan rekordini ham qoʻlga kiritdi (39680).Uning rekordini 2017-yil 19-martida Buffon „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinning 66-daqiqasida yangilanadi.[9] Boniperti A Seriyada oʻn birinchi toʻpurar hisoblanadi.2004-yil mart oyida Pele uni FIFA 100 roʻyxatiga kiritdi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sportdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U faoliyati davomida 182 ta gol urgan.40 yil davomida u „Yuventus“ning eng sermahsul futbolchisi hisoblangan.2006-yil Alessandro Del Perodan keyin eng sermaxsul ikkinchi futbolchi boʻldi.[10]

Pele FIFA 100 roʻyxatiga Bonipertini kiritgan boʻlib, unda 125 ajoyib futbolchi bor edi.

  • „Yuventus“ bilan Italiya chempioni-1949/50,1951/52, 1957/58,1959/60,1960/61.
  • „Yuventus“ bilan Italiya kubogi sohibi-1958/59,1959/60
  • Italiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1947/48
  • Italiya futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan-2012

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Giampiero Boniperti Obituary“. The Times (24-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
  2. Gigi Garanzini. „BONIPERTI, Giampiero“ (it). Treccani: Enciclopedia dello Sport (2002). 15-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-noyabr 2014-yil.
  3. „Gli eroi in bianconero: Giampiero BONIPERTI“ (it). Tutto Juve (4-iyul 2014-yil). 3-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyun 2015-yil.
  4. „Riva il migliore per i lettori di CM. Sconcerti: 'Ma Rivera era al suo livello'“ (it). calciomercato.com (28-mart 2016-yil). 14-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-mart 2017-yil.
  5. „Nicolè, il bel centrattacco che pesava troppo: "Il calcio? Dimenticato"“ (it). La Repubblica (31-mart 2014-yil). 23-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-mart 2017-yil.
  6. „Del Piero supera Bonipertiwebsite=juventus.com“ (it) (10-yanvar 2006-yil). 13-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2015-yil.
  7. „Del Piero, vittoria e record: "Punti pesantissimi"“ (it). Sky (14-fevral 2010-yil). 24-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2015-yil.
  8. „Presenze Giocatori Campionato Serie A“ (it). myjuve.it. My Juve.it. 21-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-oktabr 2015-yil.
  9. „After 39,681 Serie A minutes, Buffon smashes yet another Juventus record“. fourfourtwo.com (19-mart 2017-yil). 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  10. Del Pero obognal Boniperti, Roberto Karlos — Di StefanoAndoza:Недоступная ссылка
  11. Grande Ufficiale Ordine al Merito della Repubblica Italiana Geom. Giampiero Boniperti(ital.)
  12. Commendatore Ordine al Merito della Repubblica Italiana Geom. Giampiero Boniperti(ital.)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]