Gheorghe Hagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gheorghe Hagi (rumincha: Gheorghe Hagi)—ruminiyalik yarim himoyachi,Ruminiyaning XX-asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan[1].1965-yil 5-fevralda Konstansada tugʻilgan.FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.2001-yildan buyon murabbiy boʻlib ishlamoqda.Uning laqabi „Karpat Maradonasi“ deyishardi.

Futbolchi sifatida uning chap oyoqda kuchli va aniq zarbalari bilan tanilgan.Uning zarbalari kutilmagan trayektoriya hosil qilgan.Uning oʻziga xos jixatlaridan maydonni koʻrishi, oʻziga xos texnikasi va dispetcherlik fazilatlari bilan tanilgan.[2413 kundan beri manba koʻrsatilmadi]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruminiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstansaning „Farul“ klubi tarbiyalanuvchisi, shuningdek Buxarestning „Lyuseafarul“ jamoasida ham oʻynagan.Keyin u oʻz faoliyatini qayerda davom ettirishni tanlashi qolgan edi.Poytaxtning „Sportul Studensesk“ yoki Krayovaning „Universitate“ jamoalaridan birinchisini tanladi.1986-yilda Ruminiya futboli gegemoni „Styaua“ Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi.Yevropa superkubogi uchun oʻyinga Hagi „Sportul Studensesk“ klubidan ijaraga oldi.Hal qiluvchi oʻyinda Hagi Kiyevning „Dinamo“siga qarshi oʻyinda yagona gol muallifi boʻldi.Bunday gʻalabadan soʻng „Styaua“ uni yana 3 yil ushlab turdi, bu vaqt ichida klub uch marta oltin dublga erishdi va bir marta Yevropa Chempionlar kubogi finaliga chiqdi.

Ispaniya va Italiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilda Hagi „Real Madrid“ bilan shartnoma imzoladi va u uchun 4300000 dollar toʻlandi.Biroq klub hech narsa yutmagan ikki mavsumdan soʻng futbolchiga boʻlgan huquq Italiyaning B seriyasi vakili „Breshia“ klubiga oʻtdi.Ikki mavsumda A seriyaga chiqishga va yana B seriyaga tushib ketishga muvaffaq boʻldi.1994-yilda u „Barselona“ga koʻchib oʻtdi va u bilan ham ikki mavsumda hech narsaga erisha olmadi.

Turkiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilda Turkiyaning „Galatasaray“ klubiga oʻtishi Hagi uchun ancha muvaffaqiyatli boʻldi.U yerda jamoa yetakchisi va muxlislarning svimlisiga aylandi.Bosh murabbiy Fotih Terim oʻziga xos taktikalar ishlab chiqdi.[2413 kundan beri manba koʻrsatilmadi] Faoliyatining oxirida 2000-yilda Hagi UEFA kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hagi Ruminiya terma jamoasida 1983-yildan oʻynay boshladi.1984-yilda terma jamoa bilan Yevropa chempionatiga yoʻl oldi.U yerda ruminlar guruxda oxirida boʻldi.Uning terma jamoadagi eng yaxshi yutugʻi 1994-yilgi jahon chempionatining chorak finaliga chiqqani boʻlgan.Oʻshanda ruminlar guruhda birinchi oʻrinni olib nimchorak finalda Argentinani magʻlub etgan va chorak finalda shvedlarga faqatgina penaltilar seriyasida yutqazgandi.1998-yilgi jahon chempionatidan soʻng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.Lekin terma jamoaga Yevro-2000 da yordam berish uchun qaytib keldi.Yevro-2000 da ruminlar „oʻlim guruhi“da Angliya,Germaniya va Portugaliyaga qarshi oʻynadi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda „Galatasaray“dagi faoliyatini yakunlagach Hagi Ruminiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.Terma jamoa bilan 2002-yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmagach isteʼfoga chiqdi.

2003-yilda Turkiyaning „Bursaspor“ klubida muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin „Galatasaray“ga qaytdi.2005-yilda mamlakat kubogi qoʻlga kiritildi.

2006-yilda murabbiy „Politexnika“ klubiga chaqirildi.Lekin rahbariyat bilan kelishmovchliklar boʻlgani uchun ham u yerda qolmadi.

2007-yil iyunda Hagi „Styaua“ni boshqardi.Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichida Polshaning „Zaglembe“ va Belorussiyaning „BATE“ klublari magʻlub etildi.Yevropa Chempionlar ligasi 2007/08 mavsumida Praganing „Slaviya“sidan uchralgan birinchi magʻlubiyatdan soʻng darhol ishdan boʻshatildi.

2010-yil 21-oktabrda u „Galatasaray“ bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi[2][3].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Styaua"

Real Madrid

Breshiya

  • Italiya B seriyasi gʻolibi-1991/92
  • Angliya-Italiya kubogi sohibi-1993/94

Barselona

Galatasaroy

Murabbiylik faoliyatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Galatasaroy"

Viitorul

  • Ruminiya chempioni-2016/17
  • Ruminiya kubogi sohibi-2018/19

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hagining oʻgʻli Yanis (1998-yilda tugʻilgan)-professional futbolchi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sport & mişcare — Gandul“. 1-iyul 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-noyabr 2007-yil.
  2. „Kamuoyuna Açıklama“ (tr). Galatasaray.org (21-oktabr 2010-yil). 1-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2010-yil.
  3. „Hagi neuer Trainer von Galatasaray Istanbul“ (de). transfermarkt.de (21-oktabr 2010-yil). 23-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2010-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]