Getlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Getlar (Getae) — daklarga qardosh boʻlgan qad. frakiy qabilalari; mil. av. 5-asrda Bolqon ya. o. bilan Dunay daryosi oraligʻidagi hududda yashashgan (Gerodot). Mil. av. 512 y.daDoro I ga qattiq qarshilik koʻrsatgan. G.ga qarshi Aleksandr (Iskandar Maqsuniy) ham urushgan. Mil. av. 1-asrda G. Dunayning quyi oqimining har ikki tomoni — gʻarbda Osim daryosidan sharkda Qora dengiz qirgʻoklarigacha yoyilgan hududda yashagan (Ptolemey, Strabon, Ovidiy). G.ning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik va chorvachilik. Mil. av. 1-asrning 60-y.larida G. qudratli harbiy qabila ittifoqi barpo etgan va birmuncha muddat Gʻarbiy Pont shaharlarida Rim hukmronligiga chek qoʻyilgan. Mil. av. 29—27 y.larda Rim sarkardasi Mark Krase G.ni Rimga tobe ettirgan, birok Rimning hukmronligi mustahkam emasdi, chunki G. ozodlik urushini davom ettirmoqsa edilar. Faqat 106 y. Trayan G.ni uzil-kesil boʻysundirib, ularni yangi tashkil etilgan Rim viloyati Dakiya tarkibiga kiritgan. G.ning ozodlik kurashi ayniqsa 3-asrda, var-varlarning Rim imperiyasiga hujumi davrida kuchaygan. Natijada Dakiyada Rim hukmronligiLvreliandavri (270— 275) ga kelib barham topgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil