Geteroxroniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geteroxroniya (getero... va yun. chronos — vaqt) — hayvonlar va oʻsimliklar naslida organlar shakllana boshlashi vaqti va tezligining ajdodlariga nisbatan oʻzgarishi. G. organ shakllanishining ancha erta boshlanishi va rivojlanishining tezlashuvi (akseleratsiya) yoki organning keyinroq shakllanishi va rivojlanishining sekinlashuvi (retardatsiya) orqali namoyon boʻlishi mumkin. G. organ funksiyasining boshlanishi boʻlganligi uchun ontogenez davridagi muhit sharoitiga bogʻliqboʻladi. G. organizmlarning oʻzgarib turadigan sharoitga moslashuvi sifatida turlarning tarixiy taraqqiyoti (filogenez)aa muhim ahamiyatga ega. G. terminini biol.ga nemis biologi E. Gekkel biogenetik qonunning vaqtinchalik buzilishini ifodalash maqsadida kiritgan. G. tur hosil boʻlishida yashash sharoiti taʼsirida hayvonlar va oʻsimliklar tuzilishini oʻzgartiradigan asosiy jarayon sifatida qaraladi. Sut emizuvchilar tili muskullarining ancha rivojlanishi va shu tufayli yangi tugʻilgan bolasining emish harakatlariga layoqatli boʻlishi G.ga misol boʻla oladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil