Gerson Torres

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gerson Torres Barrantes (talaffuzi: Gerson Tores Barantes; 1997-yil 28-avgustda Kosta Rikada tugʻilgan) — Kosta Rikalik futbolchi, „Herediano“ futbol klubi va Kosta-Rika terma jamoasi yarim himoyachisi.

Gerson Torres
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gerson Torres Barrantes
Tavallud sanasi 28-avgust 1997-yil (1997-08-28) (26 yosh)
Tavallud joyi Heredia, Kosta Rika
Boʻyi 1.80
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Herediano
Raqami 28
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Belén 25 (2)
2016— Herediano 162 (22)
2017 → América (ijara) 1 (0)
2018 → Necaxa (ijara) 3 (0)
Milliy terma jamoa
2016—2017 Kosta Rika U20 8 (0)
2021 Kosta Rika U23 3 (0)
2017— Kosta Rika 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-mart uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerson Torres faoliyatini „Belém“ futbol klubida boshlagan. 2015-yilning 23-aprelida u Kosta-Rika chempionatida „Pérez Zeledón“ futbol klubiga qarshi oʻyinning ikkinchi bo‘limida Keven Aleman o‘rniga maydonga tushgan va shu tariqa jamoada debyut qilgan[1]. 2016-yilning 18-yanvarida „Deportivo Saprissa“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Gerson Torres „Belém“ futbol klubi safida ilk golini urgan[2].

Oʻsha yilning yozida Gerson Torres „Herediano“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 17-iyul kuni „Pérez Zeledón“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[3]. „Carmelita“ futbol klubiga qarshi bahsda Gerson Torres „Herediano“ safida birinchi golini urgan.

2017 yil boshida Gerson Torres meksikaning „América“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 2017-yilning 2-martida Gerson Torres Meksika kubogi doirasidagi „Santos Lagun“ futbol klubiga qarshi o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qilgan[4]. 24-noyabr kuni „Cruz Azul“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan[5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil boshida Gerson Torres milliy terma jamoaning Panamada boʻlib oʻtadigan Markaziy Amerika kubogi uvhun bo`lib o`tadigan o`yin safiga kiritilgandi. 15-yanvar kuni Belizga qarshi turnir oʻyinida u Kosta-Rika terma jamoasi safida debyut qilgan[6]. Gerson Torres Nikaraguaga qarshi bahsda ham oʻynagan[7].

2017-yilda Kosta-Rika yoshlar terma jamoasi tarkibida Gerson Torres Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[8][9]. Turnirda u Eron, Portugaliya, Zambiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11].

2021-yilning 17-noyabr kuni JCh-2022 saralashida Gondurasga qarshi o‘yinda Gerson Torres terma jamoadagi ilk golini urgan[12].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Belén F. C. 2014—2015 1 0 1 0
2015—2016 24 2 24 2
Jami 25 2 25 2
C. S. Herediano 2016—2017 20 3 2 0 22 3
Jami 20 3 2 0 22 3
Club América 2016—2017 0 0 2 0 2 0
2017—2018 1 0 1 0 2 0
Jami 1 0 3 0 4 0
Club Necaxa 2017—2018 3 0 4 0 7 0
Jami 3 0 4 0 7 0
C. S. Herediano 2018—2019 24 0 1 0 25 0
2019—2020 44 7 1 0 45 7
2020—2021 41 6 1 0 0 0 42 6
2021—2022 46 5 46 5
Jami 155 18 1 0 2 0 158 18
Umumiy faoliyatida 204 23 8 0 4 0 216 23

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Белен VS. Перес-Селедон 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 23-aprel). 2018-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  2. „Депортиво Саприсса VS. Белен 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 18-yanvar). 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  3. „Эредиано VS. Перес-Селедон 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 18-yanvar). 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  4. „Сантос Лагуна VS. Америка Мехико 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 2-mart). 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
  5. „Крус Асуль VS. Америка Мехико 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-noyabr). 2018-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.
  6. „Белиз VS. Коста-Рика 0:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-yanvar). 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  7. „Коста-Рика VS. Никарагуа 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-yanvar). 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-fevral.
  8. „Иран (до 20) VS. Коста-Рика (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 21-may). 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-may.
  9. „Коста-Рика (до 20) VS. Португалия (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-may). 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-may.
  10. „Коста-Рика (до 20) VS. Замбия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 27-may). 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-may.
  11. „Англия (до 20) VS. Коста-Рика (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 31-may). 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-may.
  12. „Коста-Рика VS. Гондурас 2:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 17-noyabr).