Gerson Rodrigues

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gerson Rodrigues
Gerson Rodrigues 2019.jpg
Gerson Rodrigues, 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gerson Rodrigues Correia Leal
Tavallud sanasi 20-iyun 1995-yil (1995-06-20) (27 yosh)
Tavallud joyi Pragal, Almada, Portugaliya[1]
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Wehda
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Metz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2014 Swift Hesperange 10 (0)
2014—2016 Racing FC 23 (3)
2016—2017 Fola Esch 20 (9)
2017 Telstar 12 (3)
2018 Sheriff Tiraspol 22 (8)
2019 Júbilo Iwata 15 (5)
2019– Dynamo Kyiv 33 (6)
2020Ankaragücü (ijara) 11 (6)
2021—2022Troyes (ijara) 12 (1)
2022Eyüpspor (ijara) 5 (3)
Milliy terma jamoa
2017– Lyuksemburg 49 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-iyun 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (26-sentabr 2022-yil uchun)

Gerson Rodrigues Correia Leal (talaffuzi: Xerson Rodsiges Korreia Leyal) (1995-yil 20-iyunda tugʻilgan) — lyuksemburglik futbolchi, Ukraina Premer-ligasining „Dinamo Kyiv“ klubi va Lyuksemburg milliy futbol terma jamoasida va Lyuksemburg ligasi klubi boʻlmish „Al-Vehda“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Rodriges UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida oʻynagan va gol urgan birinchi lyuksemburglik futbolchidir.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerson Rodrigues oʻzining yoshlikdagi sport faoliyatini Fransiyadagi FC Metz jamoasida boshlagan[1]. Gerson Rodrigues Metzda asosiy jamoa tarkibiga kira olmadi, lekin Lyuksemburgda FC Swift Hesperange, Racing FC Union Luxembourg CS Fola Esch klublari uchun futbol oʻynashni davom ettirdi[1].

2018-yil 30-yanvarda Rodriges „Sherif Tiraspol“ bilan shartnoma imzoladi[2]. 2018-yilning 10-iyulida Gerson Rodrigues UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichida Kutaisi "Torpedo "siga qarshi oʻyinda debyut qildi[1]. Moldovada „Sherif“ bilan chempionlikni qoʻlga kiritgach, Rodriges 2019-yil 16-yanvarda " Jubilo Ivata " bilan shartnoma imzoladi[1][3]. Gerson Rodrigues tezda „Jubilo“ning asosiy oʻyinchisiga aylandi va klub safida jami18 ta oʻyinda 7 ta gol urdi[1].

Dinamo Kyiv[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019—2020-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 2-avgustida Rodriges Kyivning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. 2020-yilning 31-yanvarida Rodriges mavsumning qolgan qismi uchun Turkiya Superligasi aʼzosi Anqaragyuju jamoasiga ijaraga oʻtdi[5]. Rodriges va jamoadoshi Ante Kulushich 2020-yil iyul oyida ushbu jamoa safida mashgʻulotlarda ishtirok etishgan. Ammo Gerson Rodrigues „Galatasaroy“ jamoasiga qarshi oʻyin uchun Dinamo tarkibidan chetlatildi va keyinchalik uning ijarasi tugatildi[6]. Anqaraguju jamoasi safida Rodriges 11 liga oʻyinida 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi[7][8].

2020—2021-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 25-avgust kuni boʻlib oʻtgan Ukraina Superkubogida Rodriges raqib „Shaxtyor“ jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi[9]. 15-sentabr kuni UEFA Chempionlar ligasining 3-saralash bosqichida Gollandiyaning „AZ Alkmaar“ klubiga qarshi oʻyinda uning jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻsha oʻyinda Rodriges hisobni ochdi[10]. Rodriges pley-off bosqichida Belgiyaning „Gent“ klubiga qarshi oʻyinda penaltidan gol urdi. Uning jamoasi umumiy hisobda 5:1 hisobida gʻalaba qozondi va turninning guruh bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[11]. Rodriges 20-oktyabr kuni Italiya peshqadami „Yuventus“ klubiga qarshi klubning guruh bosqichidagi birinchi oʻyinida maydonga tushdi va shu tariqa Chempionlar ligasi guruh bosqichida oʻynagan ilk lyuksemburglik futbolchiga aylandi[12].

Rodriges 2020—2021-yilgi mavsumda Ukraina Premer-ligasi va Ukraina kubogida qoʻsh chempionlikni qoʻlga kiritgan „Dinamo Kyiv“ jamoasining muhim aʼzosi edi[13].

2021—2022-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 31-avgustda Rodriges Liga 1ning yangi jamoasi „Troyes“ga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Klub mavsum oxirida shartnomani doimiy qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi[14].

2022-yil 7-mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan xorijlik futbolchilarning Ukrainadagi barcha shartnomalari 2022-yilning 30-iyuniga qadar toʻxtatilganini va shu kungacha Ukrainadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashiga ruxsat berilganini eʼlon qildi[15]. 2022-yil 30-mart kuni Rodriges Turkiyaning Eyüpspor klubi bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar yuqoridagi yangi qoidadan foydalangan holda shartnoma imzoladi[16].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodriges 2017-yilda Lyuksemburg terma jamoasi safida debyut qilgan. 2019-yil 21-mart kuni Gerson Rodrigues milliy terma jamoa safida birinchi golini Litva milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda urgan. Oʻsha oʻyinda Lyuksemburg terma jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[17]. 2021-yilning 27-martida Rodriges 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Irlandiyaga qarshi oʻyinda (1:0) mashhur gʻalaba keltrigan yagona golni kiritdi[18]. Uch kundan soʻng, Rodriges Lyuksemburg terma jamoasi safida oʻzining tugʻilgan mamlakati Yevropa chempioni Portugaliya terma jamaosiga qarshi oʻyinda hisobni ochgan golini urdi, ammo uning jamoasi yakunda 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi[19]

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 18-avgust holatiga ko`ra
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] Mintaqaviy Boshqa Jami
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Swift Hesperange 2012-13 Ehrenpromotion 2 1 2 1
2013-14 BGL Ligasi 10 0 1 0 11 0
Jami 12 1 1 0 13 1
Union 05 Kayl-Tétange 2014-15 Ehrenpromotion 22 4 22 4
Racing FC 2015-16 BGL Ligasi 23 3 3 0 26 3
Fola Esch 2016-17 20 9 5 4 2[lower-alpha 2] 0 27 13
Telstar 2017-18 Eerste Divisie 12 3 1 0 13 3
Sheriff Tiraspol 2018 Moldava Milliy Divisioni 22 8 2 0 7[lower-alpha 3] 0 31 8
Jubilo Iwata 2019 J1 Ligasi 15 5 3 2 18 7
Dynamo Kyiv 2019-20 Ukraina Premier Ligasi 8 2 0 0 4[lower-alpha 4] 0 0 0 12 2
2020-21 22 4 3 0 12[lower-alpha 5] 2 1[lower-alpha 6] 1 38 7
2021-22 3 0 3 0
Jami 33 6 3 0 16 2 1 1 53 9
Ankaragücü (ijara asosida) 2019-20 Süper Lig 11 6 0 0 11 6
Troyes (ijara asosida) 2021-22 Ligasi 1 12 1 0 0 12 1
Eyüpspor (ijara asosida) 2021-22 1.Lig 5 3 0 0 5 3
Career total 187 49 18 6 25 2 1 1 231 58

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 25-sentabr holatiga ko`ra[20]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Lyuksemburg 2017-yil 9 0
2018 5 0
2019 10 3
2020 7 2
2021-yil 11 5
2022 8 4
Jami 49 14
Gerson Rodriges tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Tartib raqam Oʻyin oʻtkazilgan sana Oʻyin oʻtkazilgan joy Raqib terma jamaosi Hisob Natija Musobaqa
1. 2019-yil 21-mart Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri,  Litva 2 — 1 2-1 UEFA Evro saralashi
2. 2019-yil 7-iyun LFF stadioni, Vilnyus, Litva 1 — 0 1-1
3. 2019-yil 14-noyabr „Red Star“ stadioni, Belgrad, Serbiya  Serbiya 1 — 2 2-3
4. 2020-yil 5-sentyabr Boku Olimpiya stadioni, Boku, Ozarbayjon  Ozarbayjon 2 — 1 2-1 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi C guruhi
5. 2020-yil 7-oktyabr Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri  Lixtenshteyn 1 — 2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
6. 2021-yil 27-mart Aviva stadioni, Dublin, Irlandiya Respublikasi  Irlandiya 1 — 0 1-0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
7. 2021-yil 30-mart Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri  Portugaliya 1 — 0 1-3
8. 2021-yil 1-sentyabr Stade de Luxembourg, Lyuksemburg shahri  Ozarbayjon 2 — 0 2-1
9. 2021-yil 11-noyabr Boku Olimpiya stadioni, Boku, Ozarbayjon 1 — 0 3-1
10. 3 — 1
11. 2022-yil 7-iyun Torsvollur, Torshavn, Farer orollari  Farer orollari 1 — 0 1-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi C guruhi
12. 2022-yil 14-iyun Stade de Lyuksemburg, 1 — 0 2-2
13. 2022-yil 22-sentyabr Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya  Turkiya 3 — 2 3-3
14. 2022-yil 25-sentyabr Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri  Litva 1 — 0 1-0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherif Tiraspol

  • Milliy divizion: 2018-yil

Dinamo Kyiv

  • Ukraina Premer-ligasi: 2020-2021[21]
  • Ukraina kubogi: 2020-2021[22]
  • Ukraina Superkubogi: 2019, 2020[23]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Presenting the newcomer: Gerson RODRIGUES. Portuguese from Luxembourg“. FC Dynamo Kiev. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  2. „Добро пожаловать, Жерсон Родригес“ (ruscha). fc-sheriff.com. FC Sheriff Tiraspol (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2018-yil.
  3. „Спасибо, Жерсон Родригес“ (ruscha). fc-sheriff.com. FC Sheriff Tiraspol (16-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2019-yil.
  4. „Presenting the newcomer: Gerson RODRIGUES. Portuguese from Luxembourg“. fcdynamo.kiev.ua. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  5. „Gerson Rodrigues to continue his career in Turkey“. FC Dynamo Kiev (31-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  6. „Bilgilendirme“ (Turkish) (17-iyul 2020-yil).
  7. „2019-2020 Ankaragücü Player Details“. FBref. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  8. „No relegations for 2019-20 season in Turkish Super Lig“. AA (29-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  9. „Шахтар 1:3 Динамо“ (ukraincha). UPL (25-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  10. „Dynamo Kyiv 2-0 AZ Alkmaar“. UEFA (15-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  11. „Dynamo Kyiv 3-0 Gent“. UEFA (29-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  12. „Gerson Rodrigues is the first ever Luxembourgish player to appear in the main stage of the Champions League“. Twitter. Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  13. „Gerson Rodrigues: "Die Premier League wäre ideal für mich"“ (olmoncha). Wort (1-iyun 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  14. „Troyes sign Luxembourg international Gerson Rodrigues from Dynamo Kyiv“. Get Football News France (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
  15. „FIFA adopts temporary employment and registration rules to address several issues in relation to war in Ukraine“. FIFA (7-mart 2022-yil).
  16. „Eyüpspor’umuza Hoş Geldiniz Gerson Rodrigues ve Olivier Thill!“ (turkcha). Eyüpspor (30-mart 2022-yil). Qaraldi: 30-mart 2022-yil.
  17. „Luxembourg 2-1 Lithuania“. UEFA (21-mart 2019-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.
  18. „Republic of Ireland embarrassed by Luxembourg and Gerson Rodrigues“. The Guardian (27-mart 2021-yil).
  19. „Diogo Jota and Cristiano Ronaldo scored to help spare Portugal's blushes and deny Luxembourg another major World Cup 2022 qualifying win.“. BBC (30-mart 2021-yil).
  20. „Gerson Rodrigues, international footballer“. EU-Football.info.
  21. „Wins for Gerson Rodrigues and Oli Thill“. RTL (9-may 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  22. „Dynamo Kyiv vs. Zorya“. Soccerway (13-may 2021-yil). Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  23. „Шахтар 1:3 Динамо“ (ukraincha). UPL (25-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-mart 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gerson Rodrigues at J.Ligasi (in Japanese)
  • Gerson Rodrigues at Soccerway
  • Gerson Rodrigues at UAF and archived FFU page (in Ukrainian)

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Includes Luxembourg Cup
  2. Appearances in UEFA Europa League
  3. Four appearances in UEFA Champions League, three appearances in UEFA Europa League
  4. Two appearances in UEFA Champions League, two appearances in UEFA Europa League
  5. Eight appearances and two goals in UEFA Champions League, four appearances in UEFA Europa League
  6. Appearance in Ukrainian Super Cup