Germetik kabina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Germetik kabina -kosmik kema (K. K.)ning ekipaj, kemani boshqarish pulti joylashgan boʻlmasi; K K ning qoʻndiriluvchi apparati. G. k. ekipajni kosmik vakuumdan ajratib qoʻyish (izolyatsiya qilish) dan tashqari galaktik va Quyosh radiatsiyasidan, meteor zarrachalarning hamda tashki muhitning temperaturasidan ham himoya qiladi. Uzoq mudsatli kosmik uchishlarda kosmonavtlarning ish qobiliyatini saqlash uchun G. k.da yerdagi yashash va ishlash sharoiti (havo muhiti va gigiyenik muhit) yaratiladi. Hoz. KK larda kislorod va azotning meʼyordagi aralashmasi 0,0975—0,1 MPa bosimda, nisbiy namligi 45-60%, temperaturasi esa 18-2 G. da ushlab turiladi. G. k. germetiklik (zich berklik)ning buzilish hollarida kosmonavtlarning foydalanishi uchun himoya skafandrlari koʻzda tutiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil