Germaniya mustamlakachiligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Germaniya mustamlaka imperiyasi
[[
Bayrog'i
|]]
 
[[
Reichsadler_(1871-1918)
|]]
1884-yilda tashkil topgan — 1920-yilda tugatilgan



Poytaxti Berlin
Til(lar)i Nemis tili
Dini Xristian pravoslav mazhabi
Pul birligi Marka
Maydoni 2,658,161 км2
Aholisi 30 mln
Boshqaruv shakli Monarxiya
Kayzer
 - 1871-yildan Vigelm I

Germaniya mustamlakalari - Germaniyaga yoki uning tarkibiga kirgan yerlarga va bosib olish natijasida qaram bo'lgan hududlar. Turli tarixiy davrlarda nemis koloniyalari Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika va Okeaniyadagi hududlarda o'z ulushiga ega bo'lib olgan. Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish kerakki hozirgi Germaniy 17- asrda 40 ga yaqin davlatlardan iborat edi.

16-asrdayoq mustamlakachilik siyosatini boshlagan boshqa Yevropa davlatlaridan farqli oʻlaroq, Germaniya davlati tarkibiga kirgan Brandenburg 17-asr oxirida kichik mustamlaka mulklarini egallashni boshladi. Germaniya imperiyasi faol mustamlakachilik siyosatini faqat 19-asr oxirida boshladi. Shu sababli ham dunyoni qayta bo'lib olish siyosatini yurgizgan. Germaniya mustamlaka imperiyasi davri 1880-1890-yillarda boshlanga va birinchi jahon urushi oxirigacha, Versal shartnomasi imzolangan paytgacha.

XIX asr oxirida yirik G'arb davlatlari tomonidan bosib olingan hududlar.
Mustamlakachi davlatlar Yer maydoni (mln km kv) hisobida Aholi soni mln kishi hisobida
Buyuk Britaniya 33,5 393,5
Fransiya 10,6 10,6
Germaniya 2,9 12,5
AQSH 0,3 9,7

Germaniya davlatlarining koloniyalari (XVI-XVIII asrlar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kleyn-Venedig[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klein-Venedig

1519iyilda Muqaddas Rim imperiyasi imperatori saylanishidan oldin, ispan qiroli Karl I (keyinchalik Karl V nomini oladi) Augsburgdagi Velsers va Fuggers bank uylaridan, turli hisob-kitoblarga ko'ra, 143 dan 158 minggacha bo'lgan miqdorda qarz oldi. Saylovlarda Karl V fransuz qiroli Frensis I ni mag'lub etdi, ammo u olgan qarzlarini qaytarishga qurbi yetmas edi. Garov sifatida, 1528-yil 27-martda Madridda imzolangan Venesuela shartnomasiga ko'ra, Velsers Ispaniyaning Venesuelasini boshqarish huquqini o'ziga oldi (lot. "Kichik Venetsiya nemischa: Klein Venedig, Klein Venedig). Ular gubernatorlar va mansabdor shaxslarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish huquqini oldi, tuz solig'idan, shuningdek, Venesuelada savdoda yakka monopoliya bo'lib, Sevilyadagi bojxona va port yig'imlaridan ozod qilindilar. Velsers butun korxona foydasining 4 foizini, shuningdek topilgan barcha qimmatbaho metallarning 90 foizini (keyinroq 80%) olish huquqini oldi va ular tomonidan yuborilgan ko'chmanchilar yangi yerlarni egallab oldi. O'z navbatida, Velserlar ikkita shahar va uchta qal'a qurishga, shuningdek, ko'chmanchilarni joylashtirishga majbur bo'ldi [1] [2].

1529-yilda birinchi gubernator Ambrosius Einger (nemischa: Ambrosius Ehinger) 281 ta mustamlakachi bilan Venesuela poytaxti Neu-Augsburgga (nemischa: Neu Augsburg, "yangi Augsburg", hozir Koro. Yangi-Nyurnberg xuddi shu yili tashkil etilgan nemischa: Neu Nürnberg, "yangi Nyurnberg ", hozir Marakaybo) asos soldi. Dastlab koloniya oltin, tuz, qul va qimmatbaho yog'och savdosidan foyda olishi rejalashtirilgan bo'lsa-da, tez orada faqat qul savdosining o'zigina Karl V ga bergan qarzlarini qoplash uchun zarur bo'lgan foyda keltirishi aniq bo'ldi. Gubernatorlar bu sohada sa'y-harakatlarni kuchaytirishi hindularning ham, Venesuelada yashovchi ispan ko'chmanchilarining ham qarshiligiga olib keldi.

Ispaniyalik missioner Bartolome de Las Kasas

Nemislar eng yovvoyi sherlardan ham yomonroqdir. O'zlarining ochko'zliklari tufayli, inson qiyofasidagi bu vahshiy hayvonlar o'zlarining o'tmishdoshlariga qaraganda ancha qonliroq harakat qilishadi.

Ispan qirollik audivensiyasiga shikoyatlar soni keskin oshib ketadi. 1536-yilda Koro yepiskopining iltimosnomasiga ko'ra ispanlar va hindularga qarshi jinoyatlar haqidagi arizalarni tekshirish uchun tergov komissiyasi tuzildi. Biroq, na Eldoradoni qidirish uchun ekspeditsiya uyushtirgan gubernator Georg Xogermut, na uning o'rinbosari Nikolaus Federman bu muommoni hal qilish ishlari bilan shug'ullanmadi [1].

1546 -yilda Karl V Venesuela shartnomasini bekor qildi, chunki Velserning mustamlakachilik siyosati o'zini oqlamadi: gubernatorlar faqat shaxsiy boyliklari haqida qayg'urdilar, oziq-ovqat, otlar va qurollar hali ham Karib dengizidan olib kelinardi, Marakaybo vayronaga aylandi, Koro vayron bo'ldi va hayot to'xtab qoldi. Bartolomeo Velser 1556-yilgacha ushbu hududlarga bo'lgan huquqni qaytarib olishga harakat qildi, ammo oxir-oqibat u Venesuelani, shuningdek, Nikolaus Federmanning Kolumbiyadagi omborlardagi yuklarini yo'qotdi [1] [2].

Afrika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gross Fridrixsburg
Arguin

Hukmdor Fridrix Vilgelm davrida Brandenburg faol mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Uni amalga oshirish uchun Brandenburg-Afrika kompaniyasi tashkil etildi (nemischa: Kurfürstliche Afrikanisch-Brandenburgische Compagnie, keyinchalik Prussiya davlati o'ziniki qilib olgan). Mol mulklarini himoya qilish uchun Brandenburg dengiz flotidan yordam so'rash huquqiga ega edi [1].

1683- yil 1-yanvarda mayor Otto Fridrix fon der Gröben (Otto Fridrix fon der Gröben) Morian va Chur Prinz fregatlari bilan zamonaviy Gana qirg'oqlariga borib tushdi va Gross Fridrixsburg (nemischa: Groß Friedrichsburg) nomli hududga asos soladi. 14 ta mahalliy qabila boshliqlari bilan olib borilgan muzokaralardan soʻng shartnoma imzolanib, unga koʻra Gross Fridrixsburg Brandenburg protektorati ostiga oʻtgan [2]. Keyingi yillarda ikkita qal'a (Doroteya va Luiza), shuningdek, Takoradi yaqinida kichik istehkom qurilgan. Ammo hududlarning eski egasi Gollandiya o'zining mustamlaka hududini qattiq himoya qildi. Ammo qimmatbaho metallar va qullar savdosi rivojlanishiga to'sqinlik qilolmadi. Fridrix Vilgelm 1689-yildagi juda muvaffaqiyatli ishlardan so'ng kompaniyadagi sheriklarining aksiyalarini sotib olishga va uning yagona egasiga aylanishga muvaffaq bo'ldi. 1718-yilda koloniya Gollandiyaning G'arbiy Hindiston kompaniyasiga sotilgan [2]. Oxirgi Brandenburglar koloniyadan chiqib ketgandan so'ng, Yan Konni qal'aga qo'mondonlikni o'z zimmasiga oldi. U qal'ani gollandlarga topshirishdan bosh tortdi va 1724-yilda taslim bo'lgunga qadar ularning barcha hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardi [3] [1].

1685-yil 5-oktabrda Brandenburg-Afrika kompaniyasi Mavritaniyaning g'arbiy sohilidagi Arguin orolida Brandenburgga bo'ysunuvchi koloniya tashkil qildi. "Roter Lyove" fregati kapitani Kornelius Reers orolda mavjud bo'lgan eski Portugal qal'asini tikladi va Arguin qiroli bilan shartnoma tuzdi. Unga ko'ra Brandenburg himoyachi davlatga aylandi. Bu shartnoma 1687-yilda ratifikatsiya qilingan va 1698-yilda tasdiqlangan. Orolning qulay geografik joylashuvi muvaffaqiyatli savdoga hissa qo'shdi va bir muncha vaqt Arguin jahon kauchuk savdosining markaziy o'rin tutuvchi postga aylantirildi. Orol 1721 -yil 9-martda fransuzlar tomonidan bosib olingan [1].

Zamonaviy Togo hududida, taxminan 1700-yilda inglizlar va gollandlar bilan birgalikda tashkil qilishgan Vida koloniyasi mavjud edi (nemischa: Whydah). U faqat qoʻrgʻon va omborxona boʻlsa-da, qul savdosining bozori sifatida Togoning asosiy savdo markazlaridan biriga aylandi.

Karib orollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrikaning Gross Fridrixsburg va Arguin koloniyalaridan keladigan qullarning to'siqsiz savdosini ta'minlash uchun Brandenburg uchun Karib orollarida yaxshi qo'riqlanadigan port hudud kerak edi.

Shu maqsadda, 1685 -yil 25-noyabrda Brandenburg-Amerika kompaniyasi Daniyaning G'arbiy Hindiston kompaniyasi bilan o'zaro Antil orollaridan biri - Sankt-Tomasning bir qismini ijaraga olish to'g'risida shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko'ra, orol Daniya mulki bo'lib qoldi, ammo Brandenburg 30 yil davomida to'liq foydalanish huquqlarini oldi. Bundan tashqari, o'ttiz yil davomida orolga erkin port huquqi berildi. 1693-yilda orolning Brandenburg ijaraga olgan qismi unga qo'shib olindi. Daniya bunga qarshilik ko'rsatolmadi. Sankt-Tomas 1720-yilda tashlab ketilgan [4].

Bundan tashqari, 1696-yilda Prussiya qiroli Fridrix I tomonidan Qisqichbaqa orolida (hozirgi Vieques, 1689-1693) koloniyalar yaratishga urinishlar bo'ldi va 1682-yilda Daniya G'arbiy Hindiston kompaniyasi tomonidan Tertolen orolida (hozirgi Tortola) yaratilgan koloniyani bosib oladi.[5][6].

Ganau Hindistoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fridrix Kasimir Uelker. 1669- yilda Hanaulik graf Fridrix Kasimir tomonidan Surinamni qo'lga kiritish haqidagi allegoriya. (1676)

1669-yil iyul oyida Iogan Yoaxim Bexer Ganaulik graf Fridrix Kasimir nomidan Gollandiyaning G'arbiy Hindiston kompaniyasi bilan 3000 kvadrat milya hududni o'z ichiga oluvchi (taxminan 10 000 kv. km²) Gollandiya Gvianasida (hozirgi Surinam)dagi Orinoko va Amazon daryolari oralig'ida joylashgan joydan foydalanish maqsadida shartnoma tuzgan. U yerda moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli merkantilistik koloniya tashkil qilishni va shu bilan Ganau byudjetini yaxshilashni rejalashtirgan. Shuningdek, Iogan Yoaxim Bexer Ganau Hindistoni qirolligini yaratishi kerak edi (nemischa: Königreich Hanauisch-Indien) va hindularning "tinch va madaniyatli odamlarga" aylanishini reja qilgan edi. Shartnoma G'arbiy Hindiston kompaniyasi uchun ham ba'zi imtiyozlar berdi. Xususan, koloniyada transportni monopol tashkil etish huquqini ham beradi [7] [1].

Olingan hudud juda katta edi: shartnoma imzolanganda butun Ganau grafligining hududi taxminan 44 kvadrat milyani tashkil etdi. Loyihaning boshidanoq bunday katta hududni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslar yetishmasligi bilan bog'liq muammolar paydo bo'ldi. Graf Nauxaym tumanini garovga qo'yishga majbur bo'ldi. 1670-yilda Fridrix Kasimir Leopald I bo'ysundi va keyinchalik ular bilan birgalikda hukmronlik qildi. 1672-yilda Pfalzlik Rupert vositachiligida koloniyani Angliya qiroli Karl II ga sotishga muvaffaqiyatsiz urinish amalga oshirildi. Fransiya-Gollandiya urushi boshlanishi bilan mustamlaka nihoyat tark etildi [1].

Germaniya mustamlaka imperiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otto fon Bismarkning mustamlakachilik siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togodagi nemis mustamlakasi

1870-1871-yillarda Germaniya birlashgandan so'ng, kansler Otto fon Bismark mustamlakachilik siyosati mamlakat uchun ustuvor ahamiyatga ega emasligini e'lon qildi, chunki yangi hududlarni egallash kam foyda keltirgan[2]. Shu siyosati o'laroq 1864 -yildayoq, Daniya-Prussiya urushidan soʻng Daniya Shlezvigni toʻliq yoʻqotmaslikka urinib, Prussiya va Avstriyaga Daniya tomonidan Gʻarbiy Hindistonini berish taklifi muvafaqqiyatsiz chiqdi[8]. 1870-yilda Fransiya-Prussiya urushidan so'ng, fransuzlarning Cochichinani topshirish haqidagi taklifi rad etildi.

Biroq, 1873-yilda "Germaniyada Afrika jamiyati" tashkil etildi (nemischa: Afrikanische Gesellschaft in Deutschland) Afrikani geografik o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. 1882-yilda "Germaniya mustamlaka jamiyati" paydo bo'ldi (nemischa: Deutscher Kolonialverein), mustamlakachilik siyosatining 15 000 dan ortiq tarafdorlarini o'z a'zoligiga birlashtirgan edi. 1887-yilda u (1884- yilda tashkil etilgan) Germaniya mustamlakachilik jamiyati bilan birlashtirildi (nemischa: Gesellschaft für Deutsche Kolonisation), bu ishlar keyinchalik mustamlakachilik uchun asos bo'ldi.

Otto fon Bismark

Mustamlakachilik bu - firibgarlik va tovlamachilikdir. Ammo u bizga saylov uchun kerak.

1884-yilda Reyxstagga boʻlib oʻtgan saylovlarda oʻzining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun, shu bilan birgalikda mustamlakachilik intilishlar tarafdori Milliy liberal partiyasining qoʻllab-quvvatlashiga erishish uchun, Bismark nemis savdogarlarining koʻplab xorijiy mulklari bundan buyon ham ular himoyasida boʻlishini eʼlon qildi. Bu esa o'z navbatida mustamlakachilik siyosatining boshlanishi demakdir. Bundan tashqari Germaniya davlati bu chora bilan u Amerikaga muhojirlar oqimini to'xtatib, immigratsiya oqimini Germaniya mustamlakalariga yo'naltirishga umid qildi. U uchun iqtisodiy, ijtimoiy va milliy motivlar ikkinchi darajali rol o'ynardi [1][9].

Germaniyaning Janubiy-G'arbiy Afrikadagi Lyuderits ko'rfazi (taxminan 1900-yil)

Bu davrda Germaniya himoyasiga o'tkazilgan hududlar quyidagilardan iborat [2] :

  • Bremenlik tadbirkor Adolf Lüderitz tomonidan sotib olingan (Adolf Lüderitz) zamonaviy Namibiya hududida yerlar. 1884-yilning aprelida ulardan Germaniyaning janubi-g'arbiy Afrikasi tuzildi;
  • 1884-yil iyul oyida Germaniya Togosi ;
  • Adolf Voermann (Adolf Woermann) yerlari - Germaniya Kameruni 1884 -yil iyulida;
  • 1885 -yil fevral oyida Karl Peters va nemis kolonizatsiyasi nemis Sharqiy Afrika jamiyatiga tegishli hududlar; [2]
  • aka-uka Klement va Gustav Denxardt - Vitu (zamonaviy Keniya)

Bundan tashqari, 1885-yil may oyida Okeaniyada quyidagi hududlar Germaniya himoyasiga o'tkazib yuboriladi [2] :

1885-yilda Bismark o'z sa'y-harakatlarini Angliya va Fransiya bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratib, izchil mustamlakachilik siyosati g'oyasidan yana voz kechdi. Mustamlakalardan faqat muzokaralar orqali savdo vositasi sifatida foydalanilgan. 1884-1885 -yillardagi Berlin konferensiyasida Afrika Yevropa kuchlari o'rtasida bo'lindi va 1890-yilgi Gelgoland-Zanzibar kelishuviga ko'ra, Germaniyaga tegishli Afrikaning Vitu protektorati Shimoliy dengizdagi strategik muhim Germaniya oroli bo'lgan Gelgolandga almashtirildi.

Vilgelm II ning mustamlakachilik siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1905-yildagi mustamlaka mulklari. Ko'k rangdagi nemis koloniyalari

Kayzer(German qiroli shunday ataladi) Vilgelm II davrida Germaniya savdo vakolatxonalari sonini ko'paytirish orqali o'zining mustamlakachilik ta'sir doirasini kengaytirishga harakat qildi. Bu davrda harbiy salohiyat (ayniqsa, dengiz kuchlari) shakllantirildi - kansler fon Bülovning so'zlariga ko'ra, Germaniya "juda kech bo'lganiga" qaramay, "quyoshdan yelkasiga tushadigan o'z nuriga ega chiqishga" tayyorlanayotgan edi. Boshqa narsalar qatorida, bu mustamlakalarga egalik qilish siyosatini anglatardi. Bunday milliy siyosat Bismarkning 1884-1885-yillardagi pragmatik mustamlakachilik siyosatiga keskin qarama-qarshi edi.[10]

Biroq, Vilgelm II davrida Germaniya o'zining mustamlaka mulkini biroz kengaytirishga muvaffaq bo'ldi. Bu davrda Germaniya protektorati ostida quyidagi mustamlakalar bor edi:

  • 1888-yilda Tinch okeanidagi Nauru oroli. (1886-yilda Buyuk Britaniya va Germaniya o'rtasida Tinch okeanining g'arbiy qismida ta'sir doiralarini taqsimlash to'g'risidagi shartnoma imzolanganidan keyin)
  • 1898 yil 6 mart - Xitoy shahar va dengiz bazasi Jiao-Chjou (Qingdao). Nemis missionerlariga hujum bo'ladi, natijada ikki kishi halok bo'ldi, kontr-admiral Dinits qo'mondonligi ostida nemis kreyserlari eskadronining shaharga kirishi va 1897-yil noyabr oyida uni bosib olinishi uchun sabab bo'ldi. Shundan so'ng Xitoy ushbu bazani ijaraga olish to'g'risida shartnoma imzolashga majbur bo'ldi [1].
  • 1899 yil 12-fevral - Mikroneziya Karolin orollari va Mariana orollari (Guamdan tashqari). Ispaniyaning Ispaniya-Amerika urushidagi mag'lubiyatidan foydalangan Germaniya, dengiz flotida ispanlar foydalangani uchun, Ispaniyani bu orollarni 17 million markaga sotishga majbur qildi [2].
  • 1900 yil 17-fevral - Samoa orol qirolligining g'arbiy qismi - Germaniya Samoasi [2].
  • Ikkinchi Marokash inqirozi davrida Germaniya " Yangi Kamerun " ni oldi.

1899-yilda Vitsenxauzenda nemis mustamlaka maktabi tashkil etildi (nemischa: Deutsche Kolonialschule für Landwirtschaft, Handel und Gewerbe), unda oʻn yetti yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo'lgan talabalar ikki-uch yillik kurs doirasida koloniyalarda qishloq xoʻjaligi asoslarini oʻrgandilar [1].

Birinchi jahon urushi davrida mustamlakachilik siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yilda G'arbiy ittifoqchilar tomonidan ko'rilganidek, Germaniyaning Yevropani hududiy egallash rejalari.

Birinchi jahon urushi boshlanishida Berlinda mustamlakalarning taqdiri Yevropada ommaviy urush natijasida hal bo'ladi degan qarash hukmron edi[1]. Maydoni 2,953,000 km² va aholisi 12,3 million kishi bo'lgan mustamlakalarning hududlarini umumiy soni 15 ming kishi bo'lgan qo'shinlar tomonidan himoya qilingan [2].

Afrikadagi mustamlakalari va I jahon urushi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

General Pol fon Lettou-Vorbek va gubernator Geynrix Shnee

Germaniyaning Sharqiy Afrikasi barcha nemis koloniyalarining ichida eng kattasi va aholisi eng ko'p bo'lgani edi. Mahalliy aholi nemislarga juda sodiq edi va hududlarning o'zi ham qo'shinlarni tez tashishni ta'minlashga imkon beradigan rivojlangan infratuzilmaga ega edi. Natijada 3 ming nemis askari, ofitserlari va 12 ming afrikalik askarlar 130 mingga yaqin ingliz, afrika, hind, belgiya va portugal askarlariga qarshi chiqdilar. Janglar bir-biridan uzoqda joylashgan beshta mintaqada bo'lib o'tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya tomonidan uyushtirilgan va doimiy ravishda dengiz blokadasi ish bermadi. 1914-yildagi Tanga jangida nemis qoʻshinlari ingliz va hind qoʻshinlarining sonidan yetti baravar koʻp boʻlgan hujumni qaytarishga erishdilar [1] [1].

Hindiston qo'shinlari qobiliyatsizligini isbotlagandan so'ng, inglizlar Jan Smuts qo'mondonligi ostida Janubiy Afrika qo'shinlari yordamida Tanganikani egallash bo'yicha muvaffaqiyatli operatsiya o'tkazdilar. Bunga javoban nemis qo'shinlari qo'mondoni Pol fon Lettou-Vorbek partizan taktikasiga o'tishni buyurdi. 1918-yilda u nafaqat Germaniyaning Sharqiy Afrikasini qaytarib olishga, balki Britaniya Rodeziyasining shimoliy qismini (hozirgi Zambiya) egallashga muvaffaq bo'ldi. 1918-yil 25-noyabr, Kayzer Vilgelm II taxtdan voz kechganligi e'lon qilinganidan ikki hafta o'tgach, nemis qo'shinlari ittifoqchilarga taslim bo'lishdi [1].

Germaniyaning janubi- g'arbiy Afrikasidagi deyarli barcha nemis kuchlari urush boshlanishi bilan Janubiy Afrika Ittifoqi bilan chegarada edi. Jang Ramansdrift (Ramansdrift) chegara politsiya postiga hujum bilan boshlandi, ammo 1914-yil sentabrigacha ular chegaradagi to'qnashuvlar bilan cheklandi. Nemis qo'shinlari qo'mondoni podpolkovnik fon Heydebrek tomonidan Portugaliya Angolasiga jazo ekspeditsiyasini yuboradi, chunki rasmiy neytral Portugaliya Britaniya bosimi ostida nemis transportlarini to'xtatgan. Germaniya va Buyuk Britaniya o'rtasida 1915 -yil 9- iyulda sulh bitimi imzolandi. Avgust oyining o'rtalariga kelib, Janubiy Afrika Ittifoqi qo'shinlari mamlakatning butun hududini egallab olishdi, nemis ko'chmanchilariga o'z xo'jaliklariga qaytishga ruxsat berildi va qolgan 1300 nemis askarlari va ofitserlari Janubiy Afrikada qoldi [1].

Germaniya Kamerunida, urush boshlanishidan oldin ham, nemis qo'shinlari bir qator qo'zg'olonlar tufayli zaiflashdi. Bundan tashqari, Kamerunning geografik joylashuvi ittifoqchilarga bir vaqtning o'zida to'rt tomondan hujum boshlash imkonini berdi. germaniyaga tegishli 8 ming nemis askar va yordamchi mahalliy qo'shinlarga qarshi 30 mingga yaqin ittifoqchi Antanta askar va zobitlari (asosan ingliz va fransuz qo'shinlari) qarshilik ko'rsatdilar. Shunga qaramay, 1914-yil sentabrgacha nemis qo'shinlari hujumni ushlab turishga muvaffaq bo'lishdi. 1914-yil 27-sentabrda ittifoqchilar Duala portini egallashga muvaffaq bo'lishdi va nemis qo'shinlari qit'aga chuqur chekinishga va partizan taktikasiga o'tishga majbur bo'ldi. 1916-yil yanvar oyida poytaxt Yaoundedan chekinganidan so'ng, nemis qo'shinlarining aksariyati (900 nemis va 12 mingga yaqin mahalliy qo'shin) neytral Ispaniya Gvineyasiga qochib o'tdi. Qolgan qo'shinlar oxirgi askar Kamerun hududini tark etgunga qadar hujumni ushlab turdi, shundan so'ng ular 1916-yil 18- fevralda qurollarini tashladilar [1].

Osiyo koloniyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya Yangi Gvineya. "Das Buch von unseren Kolonien" kitobidan olingan rasm, 1908-yil

Germaniyaning Yangi Gvineya hududi muntazam qo'shinlar tomonidan himoyalanmagan. Urushga tayyorgarlik haqidagi taassurotni qoldirmaslik uchun 1913-yil sentabr oyida mustamlaka idorasi orolda politsiya kuchlarini ko'paytirishdan bosh tortdi. 1914-yil 5-avgustda Bitapaka radiostansiyasi urush boshlanganligi haqidagi xabardan so'ng, koloniya ma'muriyati port shahridan Rabauldan orolning ichki qismidagi Tomaga ko'chirildi. 12-avgust kuni avstraliyalik askarlar qirg'oqqa qo'ndi, ammo Rabaul va Gerbertshöhe (hozirgi Kokopo)dagi radiostansiya va telefon stansiyalari vayron bo'lgach, ular yana orolni tark etishdi. Avstraliyalik qoʻshinlar Nauru (8-avgust) va Samoani (29-avgust) egallab oldilar. 11-sentabr kuni Avstraliya jangovar kemasi, Sidney va Encounter kreyserlari, uchta esmines va Avstraliyaning ikkala suv osti kemasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan 6000 nafar avstraliyalik askar Yangi Gvineyaga kelib tushdi. 1914 -yil 17-sentabrda Yangi Gvineya taslim boʻldi [1].

Qingdaodagi nemis askarlari

Qingdao(Shandun yarim oroli)ni qamal qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yil 15-avgustda Yaponiya va Angliya Germaniya mustamlakasi Qingdaoga qarshi harakat rejasini kelishib oldilar. Shu kuni Yaponiya Germaniyaga ultimatum qo'ydi. Bunga javob boʻlmagani uchun 27-avgust kuni koloniya dengizdan toʻsib qoʻyildi. 26 -sentabrda Antanta hujumga o'tdi. Muvaffaqiyatli mudofaa qisman harbiy uchuvchi Gyunter Plyushov tomonidan tuzilgan havo razvedkasiga asoslangan edi. Qingdao uchuvchisi laqabli askar(nemischa: Der Flieger von Tsingtau), qal'adagi yagona eskirgan Rumpler Taube samolyotida uni butun qamal davomida boshqargan. Noyabr oyi boshida qamaldagilarning oʻq-dorilari tuga boshlaganidan soʻng artilleriya qismlari va kemalarni yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 1914 -yil 7-noyabrda Qingdao taslim boʻldi [1]. Qamal paytida Antanta askarlaridan 3 mingga yaqini halok bo'ldi va yarador bo'ldi. Nemislarning yo'qotishlari 199 kishini tashkil qildi, 504 kishi yaralandi, 3400 kishi asirga olindi.

Milliy sotsializm davrida mustamlakachilik siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya Ikkinchi Jahon urushi davrida Yevropada maksimal hududiy kengayish paytida

Versal shartnomasiga ko'ra, nemislar barcha koloniyalar hududlarini tark etishlari kerak edi. Veymar respublikasi davridayoq Germaniyaning mustamlaka mulklarini tiklash haqidagi chaqiriqlar tobora ko'proq eshitila boshlandi [1]. Keyinchalik bu urushlarga olib keldi.

Adolf Gitler hokimiyatga kelganidan so'ng, mustamlakachilik mavzusi ikkinchi o'ringa qo'yilganiga qaramay, Gitlerning o'zi vaqti-vaqti bilan bu masalani kun tartibiga qo'ygan.1937-yilgacha Buyuk Britaniyada ishonchsizlikni uyg'otmaslik uchun yashirin ravishda rejalar tuzilgan, biroq Buyuk Britaniya Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishdan bosh tortgach, Gitler Germaniya mustamlaka mulklarini qaytarishni ochiqdan-ochiq talab qildi.

1936-yilda mustamlakachilik muammosini muhokama qilish uchun lord Plimut boshchiligidagi qoʻmitada “mustamlaka tovonlari” masalasi koʻrib chiqildi. Plimut qo'mitasi 1936-yil 18-martdan 9-iyungacha 12 ta yig'ilish o'tkazdi, 18 ta memorandumni muhokama qildi va "Germaniya mustamlakalari qaytmaydi" degan xulosaga kelingan.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Nevill Chemberlen Afrika orqali ikkita chiziq chizishni taklif qildi birinchisi - shimoliy, Sahroi Kabir, Sudan, Habashiston va Somalining janubida joylashgan va ikkinchisi janubiy chiziq Mozambik, Belgiya Kongosi, Tanganika va Angolaning bir qismining janubidan pastda joylashgan. Fyurer uchun o'sha paytda Yevropa muammolarini hal qilish eng muhimi edi.

1938-yilda MS Schwabenland tadqiqot kemasi hududga da'vo qilish uchun Antarktidaga yo'l oldi. Sohil bo'yidagi yurish paytida samolyotdan svastika bilan vimponlar tushirildi va o'rnatildi. Ular tomonidan belgilangan hudud Yangi Svabiya deb nomlandi. Bundan tashqari, barcha yahudiylarni Madagaskarga majburan ko'chirish rejalashtirilgan edi. Mustamlakalarda oriylar va negrlar ("irqiy gigiena") o'rtasida qat'iy ajratish joriy etilishi, mahalliy aholi esa rezervatsiyalarda yashashi va faqat mehnat uchun ishlatilishi kerak edi [1].

Yangi Svabiya hududi

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan fashistlar Germaniyasi qo'shni davlatlarni bosib oldi. [1].

Germaniya imperiyasining koloniyalari ro'yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nemis jangchisi Germaniya Sharqiy Afrikasi mudofaasida (1915)

Afrikada[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Germaniya Sharqiy Afrikasi— 18851919
    • Ruanda-Urundi
    • Tanganika (1919-yilda Buyuk Britaniyag berilgan, hozirgi tanzaniya)
    • Vituland
    • Kongo hududining bir qismi
  • Germaniya Janubiy G'arbiy Afrikasi
  • Germaniya Kameruni
  • Germaniya Togosi

Osiyo va Okeaniyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lotin Amerikasidagi nemis aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 Graichen&Gründer 2007.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 Pelizaeus 2008.
  3. von der Heyden 2001.
  4. Kellenbenz 1965.
  5. Peter Feddersen Stuhr. Die Geschichte der See- und Colonialmacht des grossen Kurfürsten Friedrich Wilhelm von Brandenburg in der Ostsee, auf der Küste von Guinea und auf den Inseln Arquin und St. Thomas. Berlin: Hahn, 1839 — 77—78 bet. 
  6. Ernst Friedel. Die gründung preussisch-deutscher colonien im Indischen und Grossen ozean, mit besonderer rücksicht auf das östliche Asien. A. Eichhoff, 1867 — 2 bet. 
  7. Hahnzog 1959.
  8. Florian Krobb. Erkundungen im Überseeischen: Wilhelm Raabe und die Füllung der Welt. Würzburg: Königshausen & Neumann, 2009 — 84 bet. ISBN 978-3826041129. 
  9. Wolfgang Malanowski. Verspielte Bismark das Reich?(olm.) // Der Spiegel : журнал. — Hamburg: SPIEGEL-Verlag Rudolf Augstein GmbH & Co. KG, 1971. — Andoza:Бсокр. — ISSN 0038-7452.
  10. Frank Hoyer. Ein Platz an der Sonne – Der Übergang zur wilhelminischen Weltpolitik, GRIN Verlag, München, 2010 — 1—2 bet. ISBN 9783640532605. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gisela Graichen, Horst Gründer.. Deutsche Kolonien: Traum und Trauma, 1, Berlin: Ullstein, 2007. ISBN 978-3-548-36940-2. 
  • Ludolf Pelizaeus.. Der Kolonialismus, 1, marixwissen, Wiesbaden: Marixverlag, 2008. ISBN 978-3865399410. 
  • Ferdinand Hahnzog.. Hanauisch-Indien: einst und jetzt. Hanau: Dausien Verlag, 1959. 
  • Hermann Kellenbenz. Die Brandenburger auf St. Thomas (нем.) // Jahrbuch für Geschichte von Staat, Wirtschaft und Gesellschaft Lateinamerikas. — Köln: Böhlau, 1965. — Bd. 2, H. 0075-2673. — P. 196–217.
  • Ulrich van der Heyden.. Rote Adler an Afrikas Küste. Die brandenburgisch-preußische Kolonie Großfriedrichsburg in Westafrika. Berlin: Selignow-Verlag, 2001. ISBN 3-933889-04-9. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Германские владения в Африке // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.