Germaniya 1871-1914 yillarda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Germaniya 1871-1914 yillarda[tahrir]

Germaniyaning birlashtirilishini tugallanishi Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, yaʼni 1871 yilning 18-yanvarida barcha German davlatlarining monarxlari Versalga toʻplanib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildilar. Ilgari shimoliy german ittifoqiga kirgan davlatlarga yana toʻrtta Janubiy german davlatlari qoʻshildi, bularning eng yirigi Bavariya edi. Shunday qilib, reaksion Prussiya monarxiyasi rahbarligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo qilindi. 1871 yil aprelida Taʼsis Reyxstagi umum german Konstitusiyasini qabul qildi. Germaniya imperiyasi ittifoqchilar davlati boʻlib qoldi. Imperiya tarkibiga oʻzining qirol yoki knyaz sulolasi bilan 22 monarxiya va 3 erkin shahar: Lyubek, Bremen va Gamburg kirdi. Elzas va Lotaringiya imperiyaga hokim (shtatgalter) tomonidan idora qilinadigan «maxsus imperiya viloyati» boʻlib kirdi, bu hokimni imperatorning oʻzi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar oʻz konstitusiyalari, vakillik muassasalari(laydtaglari)ni saqlab qoldilar. Davlat bajargan vazifalarning faqat baʼzi bir qismi - cherkov faoliyati, maʼrifiy ishlar, «toʻgʻri» soliq solish, maʼmuriyat ishlari ularning oʻz shoʻlida qoldirildi. Bavariya armiyasini idora qilish uchun cheklangan huquqqa ega boʻlib qoldi. Imperiya konstitusiyasida ittifoqchi davlatlarda xalq vakolatini kengaytirish nazarda tutilmagan edi. 1871 yilgi Konstitusiyaga muvofiq, ittifoq miqyosida qonun chiqarish huquqiga ega boʻlgan umum imperiya hokimiyati Imperator va Imperiya kansleri qoʻlida toʻplangan edi. Imperiyaning oliy vakolatli muassasalari Ittifoq Kengashi (Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Imperiya Konstitusiyasi shunday tuzilgan ediki, unda yangidan birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustahkamlangan edi. Imperator imperiyadagi barcha Qurolli kuchlarga Bosh qoʻmondon boʻlib, oʻzi urush eʼlon qilar, sulh tuzar, xalqaro munosabatlarda Imperiya nomidan ish koʻrardi. Imperator oʻz ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yuborish yoki muddatni choʻzish huquqiga ega edi. Germaniyaning birinchi Imperiya kansleri Otto Bismark edi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega boʻlmagan Vilgelm I ni oʻziga tamomila boʻysundirib olib, deyarli 20 yil davomida (1871-1890) mamlakatda cheksiz hokimlik qildi. Germaniya Konstitusiyasida koʻrsatilganidek, umummiy saylov huquqi faqat nomigagina umumiy edi. Harbiy xizmatchilardan tashqari, 25 yoshga toʻlgan erkaklargina saylov huquqidan foydalanar edilar. Xotin-qizlar saylov huquqidan mahrum edilar. Qonun chiqarish tashabbusi Reyxstag qoʻlida edi. Lekin ittifoq kengashi va Imperator Reyxstag qarorlarini tasdiqdamaslikka huquqli boʻlganlaridan,Reyxstag tashabbusi eʼtiborsiz qolardi. Germaniyadagi katolik ruhoniylar ayniqsa uning qoʻl ostidagi Polsha, Elzas va Lotaringiyada Bismarkning prusslashtirish siyosatiga qarshi harakatlar kuchayganligi uchun Bismark 1872 yil mayda ruhoniylar faoliyatini cheklaydigan qonun chiqarib oldi. Katoliklar cherkovi va ularning organi “Doychland” gazetasi unga qarshi kompaniya boshladi. “May qonunlari” ularni sindirish uchun qabul qildi. Bu konunga muvofiq ruhoniylarning maktablar ustidan nazorati bekor qilindi.Ularning tashviqot, daʼvati taʼqiqlandi. Ularni tayyorlash davlat tomonidan amalga oshiriladigan boʻldi. Cherkov nikoh,tugʻilish va oʻlim holatlarini qayd etishi bekor qilindi va davlatga oʻtkazish uchun Bismarkning katolik cherkoviga qarshi kurashish tarixda “Kulturkemor” “madaniyat uchun kurash” deb nom olgan. Izeutlar va itoasiz ruhoniylarga qarshi kurash ana shu nom bilan atalgan.

Germaniyaning Yevropadagi siyosati. Mustamlakachilik ekspansiyasi Germaniya xalqaro maydondagi taʼsirini kuchaytirish Bismark oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. 1873-yilda Germaniya, Rossiya va Avstriya-Vengriya bilan ittifoq toʻgʻrisida shartnoma - «Uch imperator shartnomasi»ni tuzdi. Bismark 1875 yilda Fransiyani 1871 yildagiga nisbatan ham koʻproq qaramlikka olish va uni Germaniya vassali holiga tushirish uchun unga qarshi urush boshlashga tayyor turgan edi. Bismark yangidan vujudga kelgan fransuz armiyasini tortib olingan Elzas va Lotaringiya uchun qasos oluvchi armiya deb bilib, Fransiya hali batamom mustahkamlanib olmasdan, u bilan urush boshlashga shoshilmoqda edi. Rossiya bilan Angliya Germaniyaning kuchayib ketishini istamas edilar, shu sababli Bismarkka Fransiyani yangidan tor-mor keltirishga yoʻl qoʻymasliklarini bildirib qoʻydilar. Germaniya chekindi. Germaniya ikki frontda urush qilishdan qoʻrqardi. U «kaolisiyalar dahshati» tinchimni buzayapti, deb , ayniqsa, Rossiya bilan urushishdan choʻchirdi. 1879 yilda Germaniya Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzdi. Bismark Rossiyaning Fransiya bilan yaqinlashuviga xalaqit berish niyatida 1881-yili «Uch imperator ittifoqi»ni tiklashga muvaffaq boʻldi. 1882-yilda Avstriya-Vengriya -Germaniya ittifoqiga qoʻshimcha qilinib, Germaniya va Avstriya-Vengriyaning Italiya bilan ittifoqi tuzildi. Italiyaning ittifoqqa kirishiga sabab, Fransiya bilan munosabatlarining keskinlashuvi edi. Chunki, Fransiya Italiya daʼvo qilib yurgan Tunisni 1881-yilda bosib olgan edi. Avstriya-Vengriya imperiyasi esa bu vaqtda Bolqon yarim orolida Rossiya bilan raqobatlashmoqchi edi. Shunday qilib, uchta teng maslakdosh kuchlar birlashib, 1882 yili harbiy ittifoq, «Uchlar ittifoqi»ni tuzishga erishdilar. Endilikda Germaniya Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan koalisiyaga bosh boʻlib oldi. Bismark oʻz siyosiy rejalarini amalga oshirish yoʻlida Rossiyani asosiy gʻov deb bilar, qanday boʻlmasin Rossiyaga zarar yetkazishni moʻljallar edi. Shu maqsadda Angliya bilan Turkiyani Rossiyaga qarshi gij-gijlay boshladi. Bismark bir vaqtda ikki frontda, yaʼni ham Fransiyaga ham Rossiyaga qarshi kurashish oson emasligini anglardi. Karl XII va Napoleon I kabi mashhur sarkardalar ham Rossiyada magʻlubiyatga uchratganini yaxshi bilardi. U shuningdek, chorizm Rossiyaning taraqqiyotiga gʻov boʻlayotganini ham tushunardi. Shuning uchun qulay payt kelganda Rossiyadagi reaksion unsurlarni qoʻllab-quvvatlashiga harakat qilardi. Uning ishini davom ettirgan Kaprivi Germaniyaning tashqi siyosatiga juda muhim oʻzgarishlar kiritdi. Kaprivi sanoat egalarini siquvi ostida Avstriya-Vengriya bilan savdo shartnomasini tuzdi. 1894 yili Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan ham shunday shartnomalar tuzildi. Mamlakatga qishloq xoʻjalik mahsulotlari keltirishdan olinadigan bojlar birmuncha kamaytirildi. Kaprivi siyosati va ayniqsa, Rossiya bilan savdo shartnomasining tuzilishi yunkerlarni gʻazablantirib yubordi. Ular nima boʻlsa ham «Liberal» kanslerni olib tashlashni oʻz oldilariga vazifa qilib qoʻydilar. 1893 yilda katta yer egalari tomonidan tuzilgan «Qishloq xoʻjayinlari ittifoqi» seʼyzdida yunkerlar Kaprivining «yangi» yoʻliga qarshi norozilik bildirdilar. 1894-yilda Kaprivi isteʼfo berdi. 1891 yidda shovinistik tashkilot - German ittifoqi tuzildi. «Qirol Prussiya ustida, Germaniya ustida, Germaniya dunyo ustida» -degan shior ilgari surildi. Germaniya Yevropa urushiga tayyorlanishi bilan birga yirik German kapitalining talabiga koʻra mustamlakalar bosib olishga kirishdi. 1882-yil Bremen savdogarlari Afrikaning janubi-gʻarbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga keldilar. Ular 200 ta eski miltiq va 2000 marka badaliga yerli qabila boshligʻidan anchagina hududni sotib oldilar. Germaniya bu yerni 1884_yil aprelida oʻz protektorati deb eʼlon qildi. Afrikaga amaldorlar va soldatlar yuborildi. Ularning Yangi yerlarni bosib olishga urinishi mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga uchradi. Mustamlakachilar qurol ishlatdilar. Nemis qoʻshinlari afrikaliklar manziliga toʻsatdan hujum qilib, aholini vahshiylarcha qirdilar. 1884 yil yozida Germaniya Afrikaning oʻrta qismidagi Togo va Kamerun hududlarini, 1884 yil avgustda Gvineyaning shimoliy qismini va unga yondosh orollarni bosib oldi. 1885 yilda esa Afrikaning sharqiy qismidagi hududlarni va Zanzibar orolini zabt etdi. Bu hudud «Germaniya sharqiy Afrikasi» degan nom oldi. XIX asrning 90-yillarida Germaniyaning tashqi siyosatida Yangi davr boshlandi. German hukmron doiralari oʻz hududlarini kengaytirish uchun urushga tayyorlana boshladilar. Imperator Vilgelm I davrida Bismark imperiya siyosatini teng huquqli rahbari edi. Vilgelm I ning nabirasi Vilgelm II taxtga oʻtirgach, koʻp narsa oʻzgardi. Vilgelm II Germaniya hukmron doiralari bosqinchilik siyosatining «jarchisi» va faol amalga oshiruvchisi boʻlib chiqdi. Sotsial-demokratlarga qarshi kurashda Bismark usullarining muvaffaqiyasizlikka uchraganligi, tashqi siyosatda, ayniqsa rus-german munosabatlarining yomonlashuvi Bismark siyosatiga qarshi kuchlarni yuzaga keltirdi. Qatʼiyroq mustamlaka siyosati yurgizishni talab qilgan yirik burjuaziyaning harakati bilan 90-yillarning oxirida Xitoyning Szyaochjouvan koʻrfazi va Shandun yarimorolining bir qismi bosib olindi. Oʻsha vaqtdayoq Germaniya Tinch okeanidagi Karolina, Marianna orollarini va Samoa orolining bir qismini egallagan edi. Bundan oldin, 1885 yilda u Marshall orollarini qoʻlga kiritgan edi. 1900-yilda Germaniya bоshqа gʻarb davlatlari bilan birga Xitoyda milliy ozodlik harakatini bostirishda ishtirok etdi. Xitoyda German jazo qoʻshinlari general Valderze boshchiligida deyarli qurolsiz boʻlgan xitoyliklarga nisbatan mudhish yovuzliklar qilib, ayollar va bolalarni oʻldirdi. Imperator Vilgelm II Xitoyga qoʻshin yuborar ekan, yuzsizlik bilan shafqat qilmaslikni, asir olmaslikni tavsiya qildi, «toki bundan buyon, hatto ming yildan keyin ham Xitoy nemisga ola qarolmaydigan boʻlsin» dedi. Chunki, Xitoyda nemis vakili Ketteler oʻldirilgan edi. 1895 yil Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan tutashtirgan Kil kanali ochildi. 1898 yilda Reyxstag harbiy flot qurishning keng dasturini qabul qildi. Afrikada «bizni quruq qoldirishdi» deb hisoblagan German hukmron doiralari «qoʻldan ketganlarning» oʻrnini Yaqin Sharqda toʻldirmoqchi boʻldilar. Ular Sharqqa intilganlarida Kichik Osiyo, Suriya, Mesopatamiya va Falastinda joylashib olmoqchi edilar, chunki bu yerda dunyodagi eng boy neft konlari, gʻalla va paxta xom ashyosi bor edi. Nemis bankiri Simens tashabbusi bilan Berlinni Fors qoʻltigʻi bilan bogʻlovchi temir yoʻl qurish rejasi tuzildi. Germaniya Sharqqa, Turkiyaga, slavyan xalqlariga yurishini Sharqqa yurish» shiorida ifodaladi. 1898 yilda Vilgelm II «Hazrati Iso qabri»ni ziyorat qilish bahonasi bilan Falastinga bordi. U safar vaqtida Turkiya sultoni bilan uchrashib, reja orqali Bosfordan Kichik Osiyo orqali Bagʻdodga va undan Fors qoʻltigʻigacha temir yoʻl qurish toʻgʻrisida kelishib oldi. Bu yoʻl «Bagʻdod temir yoʻli» deb ataladigan boʻldi. 1903 yilda Turkiya bilan Germaniya oʻrtasida bu toʻgʻrida yakunlovchi bitim imzolandi. Angliya Germaniyaning Turkiyaga yaqinlashuvidan tashvishga tushib qoldi, chunki uning oʻzi Arabiston bilan Mesopatamiyani bosib olish niyatida edi. Bundan tashqari, nemislarning Fors qoʻltigʻiga chiqishi Angliyaning Hindistondagi manfaatlarini xavf ostida qoldirardi. Angliya «Bagʻdod temir yoʻli»ning Fors qoʻltigʻiga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 1901 yilda Quvayt ustidan protektorat oʻtkazdi. Nemis hukmron doiralarining rejalari qudratli davlatlar -Fransiya va Rossiya oʻrtasida keskin nizo chiqishiga olib keldi. Germaniya zoʻr berib qurollanishni boshlab yubordi. Armiya soni keskin kuchaytirib yuborildi. Reyxstag katta harbiy kemalar qurishga va suv osti floti uchun yangidan-yangi mablagʻlarni tasdiqlab turdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy harakat Germaniyaning birlashtirilishini tugallanishi yagona ichki bozorni vujudga keltirdi. Sanoatning oʻsishiga Germaniya Fransiyadan olgan 5 mlrd. frank kontribusiya(tovon)erdam berdi. Koʻp sonli korxonalar Germaniyadan oldinroq industrlashtirish yoʻliga oʻtgan davlatlardagiga qaraganda ancha mukammal, yuqori unumli eng yangi texnika bilan bilan qurollantirildi. Sanoatning tez rivojlanishi hamda ishlab chiqarishning tobora yirikroq korxonalarda tezlik bilan toʻplanishi jarayoni iqtisodiyotning eng xarakterli xususiyatlaridan biridir. Masalan, Germaniyada 1895 yilda har mingta sanoat korxonasidan 6 tasi yirik, yaʼni 50dan ortiq ishchisi boʻlgan korxona edi. 1907 yilda Germaniyada ming va undan ortiq ishchisi boʻlgan korxonalar 586 ta edi. Jami ishchilar sonining qariyb oʻndan bir qismi (1,38 mln.) bugʻ va elektr kuchlarining qariyb uchdan bir qismi shu korxonalarda edi. Moliya kapitali va banklar bir xovuch eng yirik korxonalarining bundan ustunliklarini tagʻin ham oshirib, millionlab mayda va oʻrta korxonalarni bir necha yuz «millioner» moliyachilarga qaram qilib qoʻydi. Germaniya qudratli industrial davlat boʻlib qoldi. Moliyaviy guruhlar yana ham koʻproq foyda olishga harakat qilib, oʻz kapitallarini rivojlanayotgan sanoatga sola boshladilar. Koʻmir qazib chiqarish, choʻyan va poʻlat eritishning deyarli barchasini 4 ta monopoliya nazorat qilardi. Monopolistlarning ikkita guruhi deyarli butun Kime sanoatini, yana ikkitasi elektr sanoatini nazorat qilardi. 1914-yilga kelib Germaniya 1871-yilga qaraganda sanoat mahsulotlarini deyarli 7 barobar koʻp ishlab chiqarmoqda edi. Sanoat ishlab chiqarishning hajmi boʻyicha u Fransiyani ortda qoldirdi. XX asr boshlarida esa u Angliyadan oʻzib ketib, jahonda AQSHdan keyin ikkinchi oʻringa chiqib oldi. Qishloq xoʻjaligida haydov yerlarining 25%iga ega boʻlgan pomeshchiklar yollanma ishchi kuchidan, eng Yangi mashinalar va oʻgʻitlardan foydalana boshladilar, kam yerli dehqonlarni ekspluatasiya qilishning yarim feodal usullaridan voz kechilib, zamonaviy munosabatlar joriy etildi. XX asr boshlarida Germaniyada ishga yaroqli aholining asosiy qismi sanoatda band boʻlib, ishchilar sinfining koʻpchiligini tashkil etar edi. Mehnat unumdorligi 40 yil ichida deyarli ikki baravar oshdi. Lekin ish haqi bor yoʻgʻi 15% oʻsdi. Umuman, yollanma mehnatchilar bilan yirik "mulkdorlar oʻrtasidagi har tomonlama ziddiyat chuqurlashib boraverdi. Monopolistik kapital hukmronligi ishchilarning ahvolini yanada yomonlashtirdi. Nemis ishchilarining ish haqi Ingliz va Amerika ishchilarining ish haqidan ancha past edi. Germaniyada 1900-1903 yillarda yuz bergan inqirozlar ishchilar ahvolini ogʻirlashtirdi va katta ishsizlikka sabab boʻldi. Germaniya ishchilarining korxona egalariga qarshi qattiq kurashlari natijasida ish haqini bir qadar oshirishga va ish kuchini bir oz kamaytirishga erishildi. 1900 yidda ish kuni 11-12 soat davom etgan boʻlsa, 1904-1914 yillarda ish kuni 9,5 soatga tushirildi. Ayniqsa, ayollar, oʻsmirlar, bolalar qattiq ezib ishlatilar edi. Ular erkaklarga qaraganda 30-50% kam ish haqi olar edilar. Ishchilar turmush tarzining yomonlashuvi mamlakatda noroziliklarning oʻsishiga sabab boʻldi, ayniqsa, 1905-1907 yillardagi Rossiyadagi inqilob nemis ishchilar harakatiga taʼsir etdi. Ish tashlash va boshqa noroziliklar kuchaydi. 1900-yilda keksayib qolgan kansler Gogenloe (1894-1900) oʻrnini F.Byulov (1900-1909) egalladi. U Prussiyada saylov tizimini demokratlashtirish haqidagi talabni qatʼiyan rad etdi. 1902-yilda yunkerlarga xushomad qilib, Reyxstag tasdigʻidan yangi bojxona taʼrifini oʻtkazib oldi. Bu taʼrif sotsial-demokratlar tomonidan «sudxoʻrlik taʼrifi» deb ataldi. Joriy qilingan bojxona taʼrifi yunkerlarga kamida qoʻshimcha ravishda 1250 mln. marka foyda keltirardi. Nemis mehnatkashlariga yirik pomeshchiklar foydasini koʻzlab yangi oʻlpon solindi. Reaksion prusschilik ruhi Byulovning milliy siyosatida ayniqsa, yorqinroq namoyon boʻldi. Shlezvig va Polsha viloyatlarida milliy maktablar yopib qoʻyildi. Muassasalarda va jamoat joylarida daniyaliklar va polyaklar tilida gaplashish taqiqlandi, shaharlar va qishloqlarning azaliy nomlari oʻzgartirildi. Polyaklarning yerini majburan tortib olib, nemislarga berish haqida qonun chiqarildi. 1906-yilda 100000 dan ortiq polyak bolalari norozilik sifatida maktablarga borishdan bosh tortdilar. Polyak oʻquvchilariga qarshi qatagʻon boshlandi. Elzas va Lotaringiyada qattiq tartib oʻrnatildi. Bu yerda nemis maʼmurlari fransuzlarning milliy or-nomusini, madaniyatini tahqirladilar. Byulov kanelerligi davrida ommaviy ijtimoiy harakatning yanada yuksalishidan xavotirlanishi yunkerlar va yetakchi partiyalar ni yanada yaqinlashtirdi. Byulov isteʼfosidan soʻng imperiya kansleri qilib, prussiyalik amaldor Betman Golvel (1909-1917) tayinlandi. Betman Golvel kanslerligining dastlabki yillarida Reyxstagda markazning konservatorlar bilan «qora-moviy bloki»ga tayanib ish koʻrdi. bu reaksion blok qanday islohotlarning dushmani edi. 1907 yilgi rus -ingliz bitimi imzolanganidan soʻng ingliz, fransuz, rus polisiyasi vujudga keldi. Tashqi siyosiy vaziyat mutlaqo Germaniya foydasiga emas edi. Mamlakat ichidagi hukmron sinflar ham daxshatli voqealar arafasida turardi. Ichki ziddiyat tobora keskinlashayotgan va xalqaro ahvol jiddiy tus olayotgan bir paytda German hukmron doiralari yangi mustamlakalar bosib olish uchun ochiqdan-ochiq harakat boshladilar. 1911 yil yozida ikkinchi Marokash janjali boshlandi. Fransiya bilan Germaniya oʻrtasidagi munosabatlar shunchalik keskinlashdiki, hatto urush xavfi paydo boʻldi. Faqat Angliyaning doʻq-pupisasigina Germaniya hukumatining chekinishiga majbur etdi. Ikkinchi Marokash janjalidan keyin xalqaro ahvol yanada keskinlashdi. Kundan-kunga jahon urushi xavfi oʻsaverdi. Germaniya oʻzining Antanta ittifoqidagi raqiblarini tor-mor etishga tayyorlana boshladi. Ikkinchi Marokash janjalidan keyin xalqaro ahvol yanada keskinlashdi. Bundan foydalangan hukumat Reyxstag orqali tinch davr uchun armiya tarkibini yangidan koʻpaytirish haqidagi qonunni tasdiqlatib oldi. 1913 yilda rekrut kontinenti yana 29000 kishiga koʻpaytirilib, ikkita yangi armiya korpusi tashkil etildi. Shu bilan birga Reyxstag 8ta linkordan iborat uchinchi eskadra tashkil etishga qaror qildi. Bu narsa dengiz kuchlari harajatini 107mln. markaga koʻpaytirardi. 1914-yilda Germaniyaning dretnoutlari soni 21taga yetdi. Nemis suv osti floti, yangi qalʼalar qurila boshlandi, eskilari taʼmirlandi, armiyani qurollantirish kuchaytirildi. Katta harbiy harajatlarga mablagʻ topish uchun hukumat Yangi soliklar joriy qilina boshladi.

Stachkachilik harakati va Sotsial demokratik partiyadagi ahvol Moliya oligarxiyasining zoʻravonligi sharoitida XX asr boshlaridan eʼtiboran Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi xalqning ahvolini yaxshilash, mamlakat hayotini demokratlashtirish uchun reaksiya va militarizmga qarshi chiqishlarini kuchaytirdi. Partiya aʼzolarining soni 1900-yildan 1913-yilgacha taxminan 3 baravar koʻpayib, 1 mln. kishiga yetdi. GSDP koʻproq kasaba uyushmalari va kooperatorlarga tayanardi. 1912 yilda Reyxstagda boʻlgan saylovda saylovchilarning 34,8%i GSDPni yoqlab ovoz berdi. Reyxstagdagi va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlaridagi sotsial-demokratlar soni koʻpaydi. 1905-yilda mehnat sharoitini yaxshilashni talab qilgan eng yirik ish tashlash oʻtkazildi. Rur konchilari ishtirokida 1906-yilda Gamburgda mehnatkashlarning huquqlari cheklanishiga qarshi mamlakatda birinchi marta ommaviy-siyosiy ish tashlash boʻlib oʻtdi. Saksoniya va Prussiyada namoyishchilarning polisiya bilan toʻqnashuvlari yuz berdi. Koʻmir qazuvchilarning ommaviy ish tashlashi kengaydi. Qurolli kuchlarning koʻpaytirilishiga va urush xavfiga qarshi butun mamlakat boʻylab miting va stachkalarning qudratli toʻlqini boʻlib oʻtdi. XX asrning dastlabki yillarida Germaniyada boshlangan ommaviy ishchilar harakati 1905-yilgi rus inqilobi taʼsiri ostida yanada kuchayib, 1914 yilgi jahon urushiga qadar tugatildi. Nemis mehnatkashlari monarxiya asoratiga qarshi demokratiyani kengaytirish,Prussiyada umumiy saylov huquqini joriy qilish uchun tobora keskinroq kurash olib bordilar. 1910 yil martida Berlinda ana shu talablarni qoʻygan katta namoyish boʻlib oʻtdi. Otliq polisiya namoyishchilarni qilich bilan chopa boshladi. Ishchilar bu kunni Prussiyaning «qonli yakshanba»si deb atadilar. Shu yili Germaniyaning Moabit rayonidagi «Kuper» koʻmir firmasi ishchilar soatbay toʻlanadigan ish haqini oshirishni talab qilib ish tashladilar, ularni qoʻshni fabrika va zavodlarning ishchilari qoʻllab-quvvatladi. 1912 yil Rur viloyatidagi kon ishchilarining 250000 kishilik stachkasi boʻlib oʻtdi. Ishchilar 8 soatlik ish kunini joriy etishni, ish haqini oshirishni, xoʻjayinlarining mehnat birjalarini tugatishni talab qildilar. Hukumat Rurni polisiya va jandarmlar bilan toʻldirib, toʻqnashuvlarda koʻplab ishchilar oʻldirildi va yarador boʻldi. Elzas va Lotaringiyada zoʻrlik bilan «germanlashtirish» aholining keskin noroziligiga sabab boʻldi. 1913 yil noyabrda oʻtkazib kelingan milliy kamsitish siyosati va pruss harbiylarining qoʻpolligi Elzasning Ka Sabern shahri aholisining gʻazabiga sabab boʻldi. Shahar qamal qilinib, elzasliklarni qamali keng avj oldi. u harakatlar umumgerman siyosiy inqiroziga oʻsib oʻtish darajasiga oʻtgan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Islom Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq. T., “Sharq”. 1998. 2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T., “Maʼnaviyat” 2008. 3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi , Oʻzbekiston sharoitida uni bartaraf etish yoʻllari va choralari. T., “Oʻzbekiston” 2009.