Germaniya-italiya shartnomasi
Jump to navigation
Jump to search
Germaniya-italiya shartnomasi —fashistlar Germaniyasi bilan Italiya siyosiy va harbiy hamkorligi toʻgʻrisidagi pakt. 1939 y. 22 mayda Berlin sh.da 10 yil muddatga tuzilgan. G.-I.sh. har ikkala davlatning harbiysiyosiy blok tuzish ishini nihoyasiga yetkazdi. U "Berlinrim oʻqi"ni tuzish haqidagi 1936 y. bitimining davomi, 1939—45 y.lardagi Ikkinchi jahon urushini boshlashga harbiydiplomatik jihatdan hozirlik koʻrishning muhim bosqichi boʻldi. 1940 y. iyunda Italiya Germaniya tomonida boʻlib urushga kirdi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |