Gerhard Ertl
Gerhard Ertl (1936-yili 10-oktabr, Germaniya) — nemis fizigi sirt kimyosi sohasidagi tadqiqotlari uchun 2007-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan[1][2]. Bu kashfiyotlar yoqilgʻi elementlari atrof-muhitni bulgʻamasdan qanday energiya hosil qilishi, avtomobil katalizatorlari chiqindi gazlarni qanday tozalashi va hatto temirning nima sababdan zanglashi kabi jarayonlarni tushunishga yoʻl ochdi. Gerhard Ertling eng mashhur ilmiy ishi qattiq jismlar sirtidagi kimyoviy jarayonlarni molekulyar darajada aniqlab bergani hisoblanadi. Sanoatda sun'iy oʻgʻit ammiak ishlab chiqarishda ishlatiladigan bu jarayon qariyb bir asr davomida qoʻllanib kelingan boʻlsa-da, temir sirtida reaksiya qanday kechishi aniq ma'lum emas edi. Ertl buni atom darajasigacha aniq tasvirlab berdi. U zaharli uglerod oksidining platina sirtida kamroq zararli boʻlgan karbonat angidridga aylanish mexanizmini toʻliq tushuntirib berdi. Uning metodlari yoqilgʻi elementlarining qanday ishlashi, temirning nega zanglashi va hatto stratosferadagi muz kristallari sirtida ozon qatlamining qanday yemirilishini tushunishga poydevor boʻldi[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Royal Swedish Academy of Sciences (2007-yil 10-oktyabr). „The Nobel Prize in Chemistry 2007“. Press-reliz.
- ↑ „Nobel for ozone layer scientist“. CNN. Associated Press (2007-yil 11-oktyabr). 2008-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 5-iyun.
- ↑ „Mainau Declaration“. www.mainaudeclaration.org. Qaraldi: 2018-yil 11-yanvar.
- ↑ Freund, H.-J.; Knözinger, H. (2004). "Foreword for the Gerhard Ertl Festschrift". J. Phys. Chem. B 108 (38): 14183–14186. doi:10.1021/jp049239i. https://pubs.acs.org/doi/10.1021/jp049239i. Qaraldi: 5 June 2008.Gerhard Ertl]]