Gerardo Arteaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gerardo Arteaga
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gerardo Daniel Arteaga Zamora
Tavallud sanasi 7-sentyabr 1998-yil (1998-09-07) (25 yosh)
Tavallud joyi Zapopan, Jalisco, Meksika
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Genk
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013—2016 Santos Laguna
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2020 Santos Laguna 89 (1)
2020 Genk 61 (1)
Milliy terma jamoa
2018 Meksika U21 5 (0)
2019—2021 Meksika U23 4 (0)
2018 Meksika 16 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-avgust 2022-yil uchun)

Gerardo Daniel Arteaga Zamora (talaffuzi: Jerardo Arteaga) (1998-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Belgiya Pro-ligasi „Genk“ klubi va Meksika terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santos Laguna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arteaga 2013-yilda Santos Lagunaning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[1]. 2016-yil 1-oktyabrda Jose Manuel de la Torre boshchiligida Arteaga Liga MXda „Keretaro“ga qarshi professional debyutini oʻtkazgan. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi[2].

Genk[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 26-iyulida Santos Laguna Arteaga Belgiyaning „Genk“ klubiga 3,5 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma asosida ketganini eʼlon qilgan[3]. Arteaga klubdagi debyutini 24-avgust kuni Vesterloga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Oʻyin 2:2 hisobida jangovor durang bilan yakunlangan[4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arteaga 2018 Tulon turnirida ishtirok etadigan yakuniy roʻyxatga kiritilgan[5]. U barcha beshta oʻyinda maydonga tushgan, Meksika finalda Angliyaga qarshi maydonga tushdgan. Oʻyinda Meksikaliklar 2:1 hisobida magʻlub boʻlishgan[6].

Arteaga Jaime Lozano tomonidan 22 yoshgacha boʻlganlar jamoasi bilan 2019 Tulon turnirida ishtirok etish uchun chaqirilgan[7]. Meksika bu turnirda uchinchi oʻrinni egallagan[8].

Kattalar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil sentyabrida uni vaqtinchalik bosh murabbiy Rikardo Ferretti sentyabr oyida Urugvay va AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirgan[9]. Arteaga terma jamoadagi debyutini 2018-yilning 11-sentyabr kuni AQSHga qarshi oʻtkazgan, unda Meksika 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan[10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Santos Laguna 2016—2017 Liga MX 16 0 2 0 18 0
2017—2018 14 0 7 0 1 0 22 0
2018—2019 28 0 4 0 32 0
2019—2020 30 1 3 0 2 0 35 1
2020—2021 1 0 1 0
Jami 89 1 16 0 2 0 1 0 108 1
Genk 2020—2021 Belgiya birinchi divizioni A 25 1 3 0 28 1
2021—2022 32 0 2 2 8 0 42 2
2022—2023 4 0 4 0
Jami 61 1 5 2 8 0 0 0 74 3
Karyerada jami 150 2 21 2 10 0 1 0 182 4

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Meksika 2018 4 0
2019 1 0
2021 5 0
2022 6 0
Jami 16 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santos Laguna

  • Liga MX : Clausura 2018

Genk

  • Belgiya kubogi : 2020—2021[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „EL CANTERANO GERARDO ARTEAGA DEBUTÓ EN COPA MX“. ClubSantos.mx (14-sentabr 2016-yil). 7-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2016-yil.
  2. „Gerardo Daniel Arteaga Zamora“. LigaMX.net. LIGA BBVA Bancomer MX (24-aprel 1994-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2016-yil.
  3. „¡Mexicano a Europa! Gerardo Arteaga es nuevo jugador del Genk de Bélgica“. Medio Tiempo (26-iyul 2020-yil).
  4. „Gerardo Arteaga colaboró en su debut con el Genk“. [sayt ishlamaydi]
  5. „Revelan convocatoria del Tri Sub-21 para el torneo Esperanzas de Toulon“ (Spanish). ESPN (22-may 2018-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.
  6. Simpson. „England Beat Mexico to Win 2018 Toulon Tournament Final, 3rd Straight Title“. Bleacher Report. Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
  7. „Convocatoria Final de la SNM Sub 22 Para el Torneo Maurice Revello“ (ispancha). Federación Mexicana de Fútbol Asociación, A.C. (23-may 2019-yil).
  8. „Mexico clinch third place in 2019 Toulon Tournament after win on penalty kicks“. Fmfstateofmind.com (15-iyun 2019-yil).
  9. „Revelan lista del Tricolor con 7 debutantes; Alanís es la otra novedad“. MedioTiempo (29-avgust 2018-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  10. Martínez. „Con Lainez y Alvarado de titulares y 4 debuts más, así va el Tri vs. EE.UU.“. MedioTiempo (11-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  11. „Onuachu with an assist as Genk clinch Belgian Cup title after Standard Liege win“. Goal (26-aprel 2021-yil). Qaraldi: 29-aprel 2021-yil.