Geptner mitti qo‘shoyog‘i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geptner qoʻshoyogʻi[1] , yoki Geptner mitti qoʻshoyogʻi[2] (lotincha: Salpingotus heptneri) — qoʻshoyoqlar oilasiga mansub uch panjali mitti qoʻshoyoqlar turkumiga kiradi.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubi-Sharqiy Orol dengizi choʻllarida endemik. Bu turning tarыalishi ikki alohida hududdan – Oqchadaryo (Gʻarbiy Qizilqum) va Janadaryo (Shimoliy Qizilqum)dan iborat (2).

Mitti qoʻshoyoqlar Gʻarbiy Qizilqumda mustahkamlashgan qumlar bilan toʻsilgan va siyrak buta oʻsimliklari bilan qoplangan taqirsimon tuproqli allyuvial tekislik qismlarida, Shimoliy Qizilqumda allyuvial tuproqli tekisliklarning qumli tekisliklar chegarasida yashaydilar[2].

Tashqi ko'rinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu jonivor oʻz jins vakillariga nisbatan oʻrtacha kattalikda boʻlib,  oʻlchami va vazni jihatidan oqish qoʻshoyoqqa yaqin. Lekin uning boshi kichikroq hajmga ega. Tanasining oʻrtacha uzunligi — 48,2 mm, dumi — 94,7 mm. Oʻrtacha tana hajmi — 8,9 grammni tashkil etadi[2]. Dumining uchida boʻyoq choʻtkasi uchidek keladigan jinsiy dimorfizm mavjud (erkaklarda bu urgʻochilarga qaraganda 2 baravar katta) va dum uzunligi, tuk qalinligi, zichligiga bogʻliq boʻladi(2).

Ularning tuzilishi va rangi xuddi oqish qoʻshoyoqqa oʻxshaydi, boshining tepasi va orqa qismi esa koʻproq kulrang moʻyna bilan qoplangan, dum uchi esa qalinroq va uzunroq qayrilma boʻladi. Boshning tepasi va orqa qismidagi himoya tuklari uch xil tusda: uzunligining 2/3 qismi kulrang-oq, keyin zangori-kulrang, tepasi esa qoʻngʻir tusda. Dumining oxirgi uchi qora boʻladi[2].

Xromosomalarning diploid soni 46 ta, autosoma yelkalari soni 86 ta[2].

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yetarlicha oʻrganilmagan. Mart-sentabrda tunlari faol, kunduzi iniga berkinadi, qishlovni ham oʻsha yerda oʻtkazadi. Mart oyida juftlashadi, aprelda bolalaydi (2-4 tagacha). Bolalari may oyida ilk bor uyasidan chiqadi, keyingi yilning bahoriga kelib jinsiy voyaga yetadi. Urgʻochilarining bir qismi iyulda ikkinchi nasl beradi. Oʻtsimon oʻsimliklar urugʻlari, mevalar, ba’zan umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi[2].

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lokal populyasiyalardagi oʻrtacha zichligi har gektarga 0,5 ta toʻgʻri keladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Полная иллюстрированная энциклопедия. «Млекопитающие» Кн. 2 = The New Encyclopedia of Mammals / под ред. Д. Макдональда. — М.: Омега, 2007. — С. 444. — 3000 экз. — ISBN 978-5-465-01346-8.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Шенброт et al 1995.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Шенброт Г. И., Соколов В. Е., Гептнер В. Г., Ковальская Ю. М.. Тушканчикообразные, Серия "Млекопитающие России и сопредельных регионов". М.: Наука, 1995 — 168-174 bet. ISBN 5-02-004764-3.