Georgiyevsk shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Georgiyevsk shartnomasi (ruscha: Георгиевский трактат, Georgiyevskiy traktat; gruzincha: გეორგიევსკის ტრაქტატი, georgiyevskis trakt'at'i), Rossiya imperiyasi bilan sharqiy Gruziya qirolligining Kartli-Kakheti podshosi oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma boʻlib, ushbu shartnoma 24-iyul 1783-yilda imzolangan.[1] Shartnoma sharqiy Gruziyaning hududiy yaxlitligini kafolatlaydigan hamda tashqi ishlarini boshqarishda imtiyozlar evaziga hukmron boʻlgan Bagrationi sulolasining davomiyligini kafolatlaydigan Rossiya protektorati sifatida tasdiqladi.[2] Bunga binoan sharqiy Gruziya Eron (asrlar davomida ashaddiy dushman boʻlgan) yoki boshqa bir qandaydir kuchga qaramlikdan voz kechdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. arxiv nusxasi, 2018-03-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-07-08
  2. Anchabadze, George, Ph.D. History of Georgia. Georgia in the Beginning of Feudal Decomposition. (XVIII cen.). Retrieved 5-aprel 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]