Georgiy Kaytukov
| Georgiy Kaytukov | |
|---|---|
| Tavalludi |
1911-yil 11-noyabr |
| Vafoti |
2002-yil 6-yanvar Vladikavkaz, Rossiya Federatsiyasi |
| Ijod qilgan tillari | osetincha, ruscha |
| Fuqaroligi |
|
| Yoʻnalish | realizm |
| Faoliyat yillari | 1927—2002 |
| Janr | poeziya |
Kaytukov Georgiy Xaritonovich (1911-yil 11-noyabr, Terek viloyati, Rossiya imperiyasi – 2002-yil 6-yanvar, Rossiya Federatsiyasi) – sovet osetin va rus shoiri. Shimoliy Osetiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xalq shoiri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Georgiy Kaytukov 1911-yil 11-noyabrda Shimoliy Osetiyaning Xod qishlogʻida tugʻilgan. 1929-yilda pedagogika texnikumini, 1932-yilda Gorsk pedagogika institutini, 1936-yilda Moskva tarix, falsafa va adabiyot instituti (MIFLI) aspiranturasini tamomlagan. Aspirant sifatida Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida va M. V. Lomonosov nomidagi Avtomatik mexanika institutida falsafadan dars bergan. 1936-yildan 1941-yilgacha Shimoliy Osetiya pedagogika va qishloq xoʻjaligi institutida falsafa o‘qituvchisi boʻlgan[1].
Shoir 1941-yildan Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan. Alohida aloqa bataloni komissari, 18-desant armiyasining siyosiy boʻlimi lektori boʻlib xizmat qilgan. 1943-yil sentyabr oyida Novorossiyskga hujum paytida yaralangan. Davolanganidan soʻng nogiron boʻlib qolgan[1][2].
Urushdan keyingi yillarda – Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Shimoliy Osetiya viloyat qoʻmitasining tashviqot va tatqiqot boʻlimi boshligʻi boʻlgan. Shimoliy Osetiya institutida falsafadan dars bergan[1].
Georgiy Xaritonovich 1955-yildan boshlab Vladikavkazda joylashgan Vatutina koʻchasidagi 23-uyda yashagan[3]. 2002-yil 6-yanvarda vafot etgan. U Vladikavkazdagi Shon-sharaf xiyoboniga dafn etilgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoir 1927-yilda oʻzining ilk sheʼriy asarlarini mahalliy davriy matbuotda eʼlon qilgan. Georgiyning „K borbe“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1931-yilda nashr etilgan. 1948-yilda harbiy mavzudagi she’rlardan iborat „V dni voyni“ toʻplami ommaga taqdim etilgan. Bolalar uchun bir nechta sheʼriy toʻplamlar yaratgan.
1967-yilda „Prodoljenie jizni“ toʻplami uchun K. Xetagurov mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Писатели Осетии. Владикавказ: Ир, 2015 — 215-bet.
- ↑ Kaytukov Georgiy Xaritonovich (Wayback Machine saytida 2023-03-19 sanasida arxivlangan), Pamyat naroda
- ↑ .