Kontent qismiga oʻtish

Georgina Abela

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Georgina Abela
Tavalludi 1959-yil 23-aprel (1959-04-23) (67 yosh)
Qormi, Malta
Fuqaroligi Malta

Georgina Abela (1959-yil 23-aprelda tugʻilgan) — maltalik xonanda va aktrisa. U Malta nomidan „Eurovision“ tanlovida turli davrlarda ijrochi, orqa vokal ijrochisi hamda qoʻshiq muallifi sifatida bir necha bor ishtirok etgan.

Abela yoshligidan qoʻshiq kuylashga qiziqib, bolalik davrida turli bolalar festivallarida ishtirok etgan[1]. Keyinchalik esa u oʻz ijodiy faoliyatini rok yoʻnalishida boshlagan hamda 1980-yillar davomida shu uslubda ijodini davom ettirgan[1][2]. 1985-yilgi telekoʻrsatuvlarda qoʻshiq ijro etishi orqali kengroq tanilib, Malta boʻylab klublar hamda turli festivallarda sahna chiqishlarini amalga oshira boshlagan[1].

1991-yilda Abela Malta nomidan „Eurovision–1991“ tanlovida Paul Giordimaina bilan duet tarzida „Could it be“ qoʻshigʻini ijro etgan hamda tanlovda 6-oʻrinni egallagan[3][4]. Keyingi yili u „Eurovision–1992“da Malta sharafini himoya qilgan „Little Child“ qoʻshigʻi mualliflaridan biri (Raymond Mahoney bilan hamkorlikda) sifatida ishtirok etgan[5].

1996-yilda Abela yana Eurovision sahnasiga qaytib, bu safar „In a Womanʼs Heart“ qoʻshigʻi uchun orqa vokal ijrochisi sifatida qatnashgan[3].

2001-yilga kelib Abela Avstraliya, Kanada, Italiya hamda Janubiy Koreya kabi davlatlarda oʻtkazilgan bir qator konsertlarda sahna chiqishlarini amalga oshirgan.

2004-yilda u tanlovdagi Malta vakilini aniqlashga xizmat qiluvchi „Song for Europe Festival“ tanlovining finalchisi boʻlgan. U ushbu bosqichda Roger Tirazona tomonidan yozilgan hamda turmush oʻrtogʻi tomonidan bastalangan „Close To My Heart“ qoʻshigʻini ijro etgan[6].

2015-yilda Abela Winter Moods guruhining 30 yillik yubiley konsertida orqa vokal ijrochisi sifatida ishtirok etgan[7].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abela Maltaning Qormi shahrida tugʻilgan[3].

U 1986-yilda oʻzining ilk yakkaxon ijodiy faoliyati davomida yaqin hamkorlik qilgan bastakor Paul Abela bilan turmush qurgan[1][8]. Ularning 1991-yilda tugʻilgan oʻgʻli Ryan Paul Abela ham xonanda sifatida ijod qilib kelmoqda[9][10].

YilNomOʻrin
1991Could it be (ijrochi)6
1992Little Child (qoʻshiq muallifi)3
1996In a Womanʼs Heart (orqa vokal ijrochisi)10
2001Another Summer Night (qoʻshiq muallifi)[11]9
  1. 1 2 3 4 „MALTA IN 2001“. Eurovision Song Contest Today. 2006-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  2. Reljic, Teodor „Hell hath no fury… like Malta’s female-fronted metal music festival“ (en). MaltaToday.com.mt (2016-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  3. 1 2 3 Zammit, Nicole „Tagħlaq Żmienha L-Kantanta Popolari Georgina Abela“ [Popular Singer Georgina Abela Ends Her Time] (mt). Gwida (2023-yil 12-aprel). 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  4. „Rome 1991 – Scoreboard“. European Broadcasting Union (EBU). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  5. „Malmö 1992 – Participants“. European Broadcasting Union (EBU). 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  6. „Song for Europe Festival this Saturday“ (en-gb). Times of Malta (2004-yil 9-fevral). Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  7. „Winter Moods' anniversary concert raises €40,300 for charity“ (en). MaltaToday.com.mt. Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  8. Reports on the Working of Government Departments for the Year. Malta Department of Information, 1990 107-bet. 
  9. „2014 Malta Eurovision Song Contest – Get to know the participants“ (en-GB). EuroVisionary (2014-yil 5-fevral). Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  10. „"Inħobbok Immensament Dejjem" - Georgina B'Xewqat Sbieħ Lil Binha Ryan Paul Abela F'Għeluq Sninu!“ (mt). www.gwida.mt. Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.
  11. „Fabrizio Faniello invited for Eurovision Song Contest show“ (en-gb). Times of Malta (2005-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 1-aprel.