George Washington Carver milliy yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

George Washington Carver milliy yodgorligi (inglizcha: George Washington Carver National Monument) — AQSh milliy yodgorligi[en] , amerikalik qoratanli olim George Washington Carverga bagʻishlangan. Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlariga bagʻishlanmay ochilgan birinchi milliy yodgorlik.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik majmuasiga 1943-yil 14-iyulda Franklin D. Roosevelt tomonidan asos solingan, uning oʻzi majmuani yaratish uchun 30 ming dollar xayriya qilgan. Yodgorlik AQSh Milliy bogʻi xizmatining bir qismi boʻlib, Missuri shtatidagi Diamond shahridan taxminan ikki mil gʻarbda va Georgening otasi — Moses Carverning uyi yonida joylashgan[1], maydoni 210 akr (85 gektar), butun yil davomida jamoatchilikka ochiq.

Qizigʻi shundaki, olim yodgorlikda yalangoyoq, beligacha yalangʻoch yosh qiyofada tasvirlangani oʻsha davr qoratanli bolalarining odatiy qiyofasini eslatib turadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Судьба ученого в Америке“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]