Geometrik yasashlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geometrik yasashlar - geometrik figuralarni maʼlum asboblar yoki vositalar yordamida yasash haqidagi taʼlimot. G.ya. masalasi asosan toʻgʻri chiziqlar, koʻpburchaklar, aylanalar va b.ni yasashdan iborat. Bular asbob va vositalar (mas, chizgʻich, sirkul, goʻniya, bir tomonli chizgʻich va h.k.) yordamida bajariladi. G.ya., odatda, tekislikda va fazoda yasash usullariga boʻlinadi. Tekislikda G.ya. bilan N. N. Lobachevskiy shugʻullangan. Fazoda G. ya. chizma geometriya usullari bilan bogʻliq. Tekislikda ham, fazoda ham G. ya. maʼlum aksiomalarga, boshqacha aytganda, yasalishi jihatidan juda sodda boʻlgan elementar masalalarga keltiriladi. G.ya.ning asosiy usullari: nuqtalarning geometrik oʻrnini topish, geometrik almashtirishlar, jumladan, gomotetiya usuli, oʻxshashlik usuli, algebraik usul.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil