Geologik kesim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Geologik profildan yoʻnaltirildi)

Geologik kesim, geologik profil — joyning geologik tuzilishining vertikal tekislikdagi grafik tasviry. Bunday kesim togʻ jinslarining yoʻnalishiga koʻndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak ostida tuziladi. G. k. geologik haritalarni toʻldiradi va uni aniqlashtiradi. Yer yuzasida olib borilgan geologik kuzatishlar, burgʻilashdan olingan maʼlumotlar va turli geofizik usullarning natijalaridan G. k. tuzishda foydalaniladi. G. k.da togʻ jinslarining oʻzaro munosabati, yoshi, qatlamlarning qalinligi, fatsiyalarning bir-biriga oʻtishi tasvirlanadi. G. k.ga joyning relyefi va geologik tuzilishini koʻrsatuvchi geologik harita, topografik profil va marksheyderlik planlari asos qilib olinadi. Muxandislik G. k. antropogen jinslarning qalin gʻilofi bilan qoplangan rayonlar uchun juda muhim. G. k. turli masshtabda: 1:1000000 (regional kesim)dan 1:1000— 1:50 (mufassal kesim)gacha boʻladi. G. k.ning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil boʻladi. Muhandislik geol. sila, temir yoʻl va suv omborlari kurishda ishlatiladigan G. k.ning vertikal masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 10 va hatto 100 baravar katta boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil