Geokimyoviy toʻsiqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geokimyoviy toʻsiqlar — Yer poʻstining ayrim uchastkalarida muayyan kimyoviy elementlar migratsiya imkoniyatining keskin kamayish zonalari. Aralashmada ayni vaqtda kimyoviy elementlarning choʻkishi kuzatiladi va ular konsentratsiyasining keskin oshishiga, jumladan, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan konlarning vujudga kelishiga olib keladi. Ruda qatlamlarining vujudga kelish omillariga qarab texnogen va tabiiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy G. t. oʻz navbatida fizik-kimyoviy, mexanik, biogeokimyoviy tusikdarga bulinadi. Fizikkimyoviy G. t. ahamiyatli boʻlganligi uchun yaxshi oʻrganilgan. G. t. ruda hosil boʻlish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Foydali qazilma konlarini ishga solishda sunʼiy (texnogen) G. t.ni hosil qilishning muhim ahamiyati bor. Bunda G. t. atrof muhitni ifloslanishdan saqlaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil