Geokimyoviy davrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geokimyoviy davrlar- geologik tarix bosqichi. Togʻ jinslarida qandaydir kimyoviy element yoki elementlar guruhining toʻplanishi va koʻpincha ularning muayyan tipli va tarkibli konlarining hosil boʻlishi. G. d. bir necha yuz mln. yilga teng boʻlishi mumkin. Har qaysi G. d.da maʼlum metallning yigʻilish sharoitini aniqlaydigan maʼlumotlar boʻladi. Masalan, dunyo miqyosida temirli fatsiyalari tabiritlar, temir rudali konlar va temirli kvarsitlarning jadal hosil bulishiga, ehtimol, hayotning ilk paydo bulishi. Yer atmosferasining kislorod bilan boyishi va buning natijasida Dunyo okeani suvi muhiti harakterining jiddiy oʻzgarishi sabab boʻlgan. Har bir element yoki elementlar guruhlari (xalkofil, biofil, litofil va boshqalar) uchun Yerning geologik rivojlanish jarayonida G. d. aniqlangan. Mas, Yer pustila kora slaneslarni hosil qiluvchi biofil elementlari (30 dan ziyod) uchun ketgan vaqt katarxeydan golotsengacha boʻlib, 3,5 mlrd. yilga teng va 15 G. d.dan iborat. Yirik, jahonga molik hisoblangan Vitvatersrand (Janubiy Afrika), Muruntov oltin konlari, Germaniya, Polsha va b. joylardagi mis konlari oʻsha davrlarda hosil boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil