Geokimyoviy anomaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geokimyoviy anomaliya - Yer poʻstining muayyan kimyoviy elementlar yoki ular birikmalarining konsentratsiyasi klarksan koʻpligi yoki kamligi bilan farq qiladigan va foydali qazilmalarda yigʻilgan joyiga nisbatan (ruda jismi, neft yoki gaz uyumi va b.) qonuniyatli joylashgan uchastkasi (yer yuzasi). G. a. manfiy va musbat boʻladi. Musbat G. a.da tog jinslarida elementlar klarkdan 2—3 marta koʻp, manfiy G. a.da esa aksincha boʻladi. G. a. musbat yoki manfiy boʻlishidan qati nazar geologik kidirish va suratga tushirish (sʼyomka) ishlarida qoʻllaniladi. Mas, Oʻrta Osiyoda uran konlarini qidirishda manfiy G. a., oltin konlarini qidirishda esa margimushning musbat G. a.si muhim rol oʻynaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil