Geofizik yoʻldosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geofizik yoʻldosh - Yer sunʼiy yoʻldoshi (YESY) orbitasidan turib, Yerning geofizik parametrlari — atmosferasining zichligini, geomagnit maydonini, radiatsion maydonini tadqiq etish uchun uchirilgan sunʼiy yoʻldosh. Shunday turdagi birinchi YESY — sobiq Ittifoqda 1958 yilda uchirilgan Yerning uchinchi sunʼiy yoʻldoshi edi. 1964 yil va undan keyingi yillarda AQSH orbital geofizik rasadxonalari seriyasini, qutb yogʻdulari hamda kutb "qalpoq" lari (muzliklari)ni tadqiq qilish uchun qutbiy orbital geofizik rasadxonalarni uchirdi. Baʼzi hollarda YESYlaridagi oʻlchashlar yer sirtidagi st-yalardan oʻlchashlar maxsus dasturi bilan uygʻunlashtirilgan holda amalga oshirildi. G. y.lari ichida meteorologik YESY alohida oʻrin tutadi. Geofizik kuzatishlar orbital st-yalardan amalga oshiriladigan kompleks tadqiqotlar dasturining tarkibiy qismi ham boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil