Geoffrey Chaucer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Geoffrey Chaucer
Portrait of Geoffrey Chaucer (4671380) (cropped) 02.jpg
Tavalludi tax.  1340-yillar
Vafoti 25-oktabr 1400-yil (56–57 yosh)
London, Angliya
Fuqaroligi Kingdom of England
Kasbi
Turmush oʻrtogʻi
Philippa Roet (turm. 1366)
Otasi John Chaucer
Onasi Agnes Copton
Bolalari 4
Imzo
Geoffrey Chaucer.svg

Geoffrey Chaucer (talaffuzi: Jeffri Choser; tax.1340-yillar — 25-oktabr 1400-yil) ingliz shoiri va yozuvchisi boʻlgan. Oʻrta asrda ijod qilgan eng buyuk ingliz shoirlaridan biri boʻlgan Chaucer The Canterbury Tales („Canterbury hikoyalari“) asari bilan mashhurdir.[1] U „ingliz adabiyoti otasi“ yoki muqobil ravishda „ingliz sheʼriyati otasi“ deb atalgan.[2] U Londondagi Westminster abbatligida joylashgan „Shoirlar burchagi“ deb nomlangan joyga dafn etilgan ilk yozuvchi hisoblanadi. Chaucer, shuningdek, faylasuf va astronom sifatida ham shuhrat qozonib, oʻn yashar oʻgʻli Lewis uchun A Treatise on the Astrolabe („Usturlab haqida risola“) nomli ilmiy asarini ham yozgan. U davlat xizmatida byurokrat, saroy amaldori, diplomat va parlament aʼzosi oʻlaroq ham faoliyat yuritgan.

Chaucerning boshqa asarlari qatoriga The Book of the Duchess, The House of Fame, The Legend of Good Women va Troilus and Criseyde kiradi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Book of the Duchess (1369)
  • The Parliament of Fowls (1380)
  • The House of Fame (1380)
  • The Legend of Good Women
  • Troylus and Cryseyde
  • The Canterbury Tales (1386) (ushbu asar toʻplam shaklida boʻlib, 22 ta sheʼriy asar hamda 2 ta novellani oʻz ichiga oladi)[3]
  • The Book of the Lion (shoirning kitoblari orasiga kirgan, ammo hali hanuz topilmagan)
  • Romaunt of the Rose (tarjima)
  • De Consolatione Philosophiae (tarjima)
  • Treatise on the Astrolobe (tarjima)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Geoffrey Chaucer in Context“. Cambridge University Press (2019). Qaraldi: 20-aprel 2020-yil.
  2. „Chaucer“. Cambridge University Press (2011). Qaraldi: 20-aprel 2020-yil.
  3. Encyclopedia Britannica

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]