Genrix Gers
Genrix Gers | |
---|---|
| |
Tavalludi | 22-fevral 1857[1][2] |
Vafoti | 1-yanvar 1894[1][2] |
Fuqaroligi | Gamburg |
Otasi | Gustav Ferdinand Hertz |
Hers (Hertz) Henrix Rudolf (nemischa: Heinrich Rudolf Hertz; 1857.22.2, Hamburg-1894.1.1, Bonn) — nemis fizigi. Elektrodinamika masalalari bilan shugʻullangan, birinchi boʻlib elektromagnit toʻlqinlarni kashf etib (1888), ularning xossasini tekshirgan. Elektromagnit toʻlqinlar va yorugʻlik nurlarining oʻzaro oʻxshashliklarini isbot qilgan, vibrator nazariyasini ishlab chiqqan. Hers tajribalari J. Maksvell elektromagnit maydon nazariyasini amalda isbot qildi va ularning amalda qoʻllanishini boshlab berdi. U yorugʻlikning elektr razryadiga boʻlgan taʼsirini payqadi va shu bilan fotoelektr hodisasi ustida tekshirishlar olib borilishiga sabab boʻldi. Hersning nazariy ishlari harakat qiluvchi jismlar elektrodinamikasidan, Maksvell tenglamalarini tajribada tekshirish va kuch tushunchasini eʼtiborga olmaydigan mexanikani tuzishdan iborat.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |