Gemoliz
Gemoliz (gemo... va yun. lysis — yemirilish, parchalanish), gematoliz, eritrotsitoliz — qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning parchalanib, gemoglobining qon plazmasiga oʻtishi. Normal holatda G. eritrotsitlarning hayotiy siklini yakunlaydi; odam va hayvonlar organizmida u uzluksiz ravishda sodir boʻlib turadi (fiziologik G.). Baʼzi kasalliklarda, organizm zaharlanganda, badan kuy ganda, guruhi yoki rezus-faktori toʻgʻri kelmagan qon quyilganda yoki dorilar qabul qilinganda patologi k G. roʻi beradi. G. tufayli qon qip-qizil, loklangandek boʻlib qoladi; kamqonlikka, ogʻir xili esa oʻlimga sabab boʻladi.Gemoliz turlari: biologik, mexanik, kimyoviy, termik,
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |