Gemoglobinn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gemoglobinn (gemo... va lot. globus — yer, kurra) — odam, umurtkali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. G. kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka kapillyarlarida G. kislorodga boyiydi, toʻqima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi. Turli organizmda G.ning tuzilishi turlicha. Sogʻlom odamning 100 g qonida 13—16% G. bor. Ayollar qonidagi G. miqdori erkaklardagidan kam boʻladi. G. miqdori maxsus asbob — gemometr bilan aniklanadi. G. miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon kasalliklarining aksariyati (anemiya) G. tarkibining buzilishi bilan bogʻliq.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil