Gemma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gemma (lot. gemma — qimmatbaho tosh, dur) — oʻyma tasvirli sayqallangan javohirlar, gliptika asari. Tasvir tekis yuzadan chuqurlashtirib oʻyib ishlanadigan (intaliya) va zaminni oʻyib boʻrtma tasvir hosil qilinadigan (kameya) turi farqlanadi. Qadimda va oʻrta asrlarda G.ning tumor, uzuk koʻzi va b. alohida muhr vazifasini oʻtovchi turi (intaliya) keng tarqalgan. U bilan maktub, hujjat, buyruqlar muhrlangan. G.da koʻpincha hayvon, odam tasvirlari, ramziy belgilar va yozuvlar oʻyib ishlangan. Hozir G. toʻgʻnogʻich, kulonlarda ishlatiladi, uzukka oʻrnatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil