Migren

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gemikraniyadan yoʻnaltirildi)
Migren
KXK-10 G43.0
KXK-9 346
OMIM 157300
MedlinePlus 000709
eMedicine neuro/218 neuro/517 emerg/230 neuro/529

Migren (fransuzcha: migraine), miya ogʻrigʻi yoki gemikraniya – oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi[1]. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, uning ogʻirengilligi yosh ulgʻayishi bilan oʻzgaradi. Bu – turmush tarziga, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik, muntazam ovqatlanmaslik, chekish, shovqin, ravshan yorugʻlikka, xotinqizlarda esa hayz sikliga bogʻliq. Xuruj oldidan bemor, koʻpincha, tashnalik, ochiqish sezadi, kayfiyati oʻzgaradi, mudroq bosadi va h.k. Ogʻriq tutganda koʻz oldi jivirlab, har xil narsalar koʻrinadi.

Migrenda, odatda, har doim boshning oʻng yoki chap yarmi (koʻpincha, chakka qismi) ogʻriydi, bosh aylanadi, yoruqqa qaray olmaydi, bemorning koʻngli aynib, qayt qiladi, shundan keyin ogʻriq bir oz bosiladi.

Migren xuruji 2–3 soatdan bir necha sutkagacha choʻzilishi mumkin. Xurujlar oʻrtasidagi davrda bemor butunlay sogʻlom boʻladi. Migrenning miyacha (asinergiya va boshqalar) va koʻzga aloqador (diplopiya, ptoz) xillari bor.

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qon tomirlarni kengaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi preparatlar, shuningdek, fizioterapiya va yena sanchib davolash buyuriladi. Bemor vrach nazorati ostida davolanishi lozim.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Headache disorders Fact sheet N°277“ (2012-yil oktyabr). 2016-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-fevral.