Gemi...

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gemi... (yun. hemi — yarim, nim) — qoʻshma soʻz tarkibida kelib, yarmi, teng yarim maʼnosini ifodalaydi (mas, gemiplegiya). GEMIZIGOTALIK(gelsh... va zigota) — organizmdagi bir yoki bir necha genlar oʻz allel juftlariga ega boʻlmagan holat. Geterogamet organizmlar jinsiy xromosomalaridagi genlar shunday holatga ega. Gemizigota holatida resessiv genlar gaploid hamda diploid organizmlarda namoyon boʻlishi mumkin. Shuningdek, G. xromosomalarning qayta joylanishi (translokatsiya, delesiya, notoʻgʻri krossingover va b.) natijasida ham paydo boʻladi. G.dan oʻsimliklar seleksiyasida monosom xromosomali organizmlar (monosomiklar) olish orqali xromosomalarning tarkibini aniqlashda foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil