Gelioskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gelioskop (gelio... va yun. skopeo — qarayman, kuzataman) — Quyosh sirtini koʻrib kuzatishga moslangan teleskop. Quyoshga maxsus filtrsiz teleskop bilan bevosita qarab boʻlmasligi sa-babli, Quyoshdan kelayotgan nurni kuchsizlantirib beruvchi turli G.dan foydalaniladi. Quyosh nurlari teleskop fokusi oldiga oʻrnatilgan shisha koʻzgu (sxemaga q.) S dan qaytib, qoʻshaloq prizma Pv R2 ga keladi (prizmalardan biri Rx maxsus shisha — krenglassdan yasalgan, ikkinchisi R2 ga suyuqlik toʻldirilgan), unda sinib okulyarga tushadi. Suyuqlikning nur sindirish koeffitsiyenti krenglassnikidan kichik boʻlgani uchun okulyarga tushgan nur intensivligi koʻzguga tushgan nurnikiga qaraganda kamroq boʻladi. Hozir Quyosh sirti asosan fotografik usullar bilan tadqiq qilinganligi tufayli G. ikkinchi darajali oʻrin tutadigan boʻlib qoldi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil