Geliografik koordinatalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geliografik koordinatalar — quyosh sirtidagi obʼyektlar oʻrnini belgilaydigan miqdorlar — geliografik kenglik (f) va geliografik uzunlik (/). (sr) — quyosh sirtidagi aniqpanishi lozim boʻlgan nuqtaga xayolan oʻtkazilgan perpendikulyar bilan Quyosh ekvatori tekisligi orasidagi burchak. Quyosh ekvatorining fazodagi oʻrni quyosh sirtidagi obʼyektlarni kuzatish yoʻli bilan aniklanadi. Obʼyektlar ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻish burchagi / va Quyosh ekvatori tugun nuqtasining chiqish burchagi O. bilan belgilanadi. Ingliz astronomi R. K. Kerrington tomonidan 1854 yil uchun qabul qilingan qiymat: /=7° 15’, Q=73°40/ishlatiladi. G. k.ga tegishli maʼlumotlar maxsus jurnalda yilning istalgan kuni uchun Grinvich vaqti bilan beriladi. Rasmda R — Quyosh aylanish oʻqining osmon sferasi proyeksiyasi bilan osmon meridiani orasidagi burchak, D — Yer — Quyosh yoʻnalishida oʻtkazilgan perpendikulyar bilan Quyosh oʻqi orasidagi burchak (—7°<D< <+7°). Agar Quyoshning Shimoliy qutbi Yer tomonga ogʻgan boʻlsa, D ning qiymati musbat, aks holda manfiy boʻladi. / ni aniqlashda boshlangʻich meridian sifatida 1854 yilning 1 yanvari Grinvich vaqti bilan 0h00m da Quyosh ekvatori tugun nuqtasining chiqish burchagidan oʻtgan meridian qabul qilingan. Uning Quyosh atrofida aylanish davri — 25,38 sutka. Yuqoridagi qiymatlar vositasida istalgan vaqt uchun markaziy meridiandan Kerrington meridianigacha boʻlgan masofa (1)ni hisoblash mumkin. Amalda Quyosh sirtidagi obʼyektlarning koordinatalarini maxsus toʻr vositasida tez aniqlash mumkin. Shimoliy yarim shardagi obʼyektlarning geliografik kenglik (f) musbat, Janubiy yarim shardagilarniki manfiy boʻladi. Geliografik uzunlik (I) Quyoshning markaziy meridianidan gʻarb tomonda joylashadi detallarda musbat qiymatga, sharq tomonda joylashganlarida esa manfiy qiymatga ega boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil