Yorugʻsevar oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Geliofil O`simliklardan yoʻnaltirildi)

Yorugʻsevar oʻsimliklar, geliofil oʻsimliklar — quyosh nuri tushadigan joylarda oʻsadigan, soyaga chidamsiz oʻsimliklar. Yo. oʻ.ning barglari nisbatan qalin, barg hujayralari mayda, ustunsimon va gʻovak toʻqimalarga yaxshi ajralgan, ogʻizchalari koʻp, barg toʻrlari yaxshi rivojlangan. Barg hujayralarida xloroplastlari soyada oʻsadigan oʻsimliklarga nisbatan ancha koʻp, fotosintez intensivligi juda yuqori boʻladi. Yo. oʻ.ga zubturum, akatsiya, gʻoʻza, erta bahorda koʻkarib chiqadigan va dasht oʻsimliklari kiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil