Geksametilentetramin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geksametilentetramin (Hexamethylentetraminum), urotropin, geksamin, urizol, metenamin — antiseptik modda, ammiakni formaldegidning suvdagi eritmasiga taʼsir ettirib olinadi. Rangsiz yoki oq hidsiz kristall modda.

Mol. m. 140,19, zichligi 1270 kg/m3 (25°). Suvda eriydi; 14° dan past temperaturada barqaror monogidrat hosil qiladi. Efir, benzol va tetraxloretanda yomon eriydi. Chuchmal, bir ozdan keyin achchiq taʼmi seziladi. Kuchsiz kislotalar bilan beqaror tuzlar beradi; kuchli kislotalar taʼsirida NH3 va formaldegidga ajraladi; ishqor eritmalari taʼsiriga chidamli. G.— kuchsiz nukleofil: benzil, allil va fenatsilgalogenidlar bilan monoalkil geksamin tuzlarini hosil qiladi. G.ning sirka kislotadagi eritmasi kuchsiz oksidlovchi boʻlib, aminlarni aldegidlar yoki ketonlarga aylantirishda ishlatiladi. Ammoniy nitrat va sirka aldegid ishtirokida tutovchi HNO, ni nitrolashda G. portlovchi modda — geksogen hosil qiladi. Sanoatda G. vakuumda formaldegidga ammiak taʼsir ettirib olinadi. G. dori preparat (urotropin, kalseks), antiseptik modda, fenolformaldegid smolalarni qotiruvchi, fungitsid, portlovchi moddalar i.ch.da boshlangich mahsulot sifatida ishlatiladi. U yoqilgʻi oʻrnida ("quruq spirt"), analitik kimyoda eritmalar tarkibidagi Fe(HI), AI(Ill), Cr(IH), Ti(IV) birikmalarini choʻktirishda ham qoʻllaniladi. Ilk bor G.ni A. M. Butlerov 1861 yilda NH3 va poliformaldegiddan sintez qilgan. Sistit, piyelit va siydik yoʻllarining boshqa yalligʻlanish kasalliklarida, baʼzi allergik kasalliklarda qoʻllaniladi. Tabletka shaklida va 40% li eritmasi 5—10 ml dan ampulada chikariladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil