Gazchup

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazchup — 1) suvoqchilik asbobi. Toʻrt yoki uch qirrali qilib va yuzini silliklab yogʻochdan yasaladi. Uzunligi 70 sm dan 2 m gacha boʻladi. G.ning eshik, darcha, mehrob yonlarini suvaydigan vassa G, devorning burchak, pax, bozilarini chiqarib tekislaydigan pax G. va devorni silliklaydigan mola G. kabi xillari bor; 2) uzunlikni oʻlchashda ishlatiladigan qad. oʻlchash quroli; uzunligi bir gazga teng (qarang Gaz). Baʼzan choʻpgaz deb ham yuritiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil