Gaymor boʻshligʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaymor boʻshligʻi - burunning qoʻshimcha boʻshligʻi; yuqori jagʻ suyagining tanasida joylashgan. Ingliz anatomi N. Gaymor aniqlagan (1651). Hozir bu boʻshliq tepa jagʻ kovagi nomi bilan ataladi. G. b. turli shakl va hajmda boʻlib, tepadan yonoq suyagi, tashqaridan tepa jagʻ suyak tanasining yuz plastinkasi, pastdan qattiq (suyak) tanglay bilan chegaralangan. Ichki qismida joylashgan turli shakldagi teshik burun boʻshligʻiga ochiladi. G. b.ning devorlari qon tomirlarga boy shilliq qavat bilan qoplangan boʻlib, burun boʻshligʻiga kirgan havoni ilitib, namlab, chang tozalashda qatnashadi. Chaqaloq va yosh bolalarda G. b. va uning shilliq qavati unchalik rivojlanmagan, hajmi kichik boʻlgani uchun sovuq havoda tez shamollab, yalligʻlanishi mumkin (qarang Gaymorit).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil