Kontent qismiga oʻtish

Gaye Adegbalola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gaye Adegbalola
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 24-mart 1944-yil (1944-03-24) (80 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi qoʻshiqchi, gitarachi
Leybl Alligator Records
Guruh Saffire – The Uppity Blues Women
Janr blyuz, kantri
Faoliyat yillari 1984-yildan
Veb-sayt http://www.adegbalola.com/

Gaye Adegbalola (qizlik familiyasi Todd, 1944-yil 21-mart[1], Fredericksburg, Virjiniya shtati,AQSh) – amerikalik blyuz qoʻshiqchisi va gitarachi, o‘qituvchi, LGBT faoli hamda lesbiyan.

1944-yil 21-martda Virjiniya shtatining Fredericksburg shahrida jaz musiqachilari oilasida tugʻilgan[1][2]. Gaye Boston universitetini biolog mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan, Rokfeller universitetida biokimyo sohasida[3] va Garlem kasalxonasida bakteriolog sifatida ishlagan.

1960-yillarda Gaye fuqarolik huquqlari uchun boʻlgan harakatlarda faol ishtirok etadi, ayniqsa Nyu-Yorkdagi „Black Power Movement“ va Garlem oʻzini oʻzi himoya qilish qoʻmitasida jonbozlik koʻrsatgan. Hayotining shu davrida Gaye turmushga chiqib, oʻgʻil farzand koʻrgan. 1970-yilda Gaye turmushidan ajrashgandan soʻng Fredericksburgga qaytib keladi va u yerda teatrda oʻynashni davom ettiradi hamda maktabda biologiya va kimyo fanlaridan dars bera boshlaydi. Gaye 1982-yilda Virjiniya shtatining yil oʻqituvchisi deb eʼtirof etilgan[4].

70-yillarning oʻrtalarida Gaye Adegbalola Enn Rebson bilan uchrasha boshladi va Rebson qoʻshiqchiga gitara chalishni oʻrgata boshlaydi[5]. 1984-yilda Enn bilan birga ular duet tashkil qiladi. Toʻrt yil oʻtgach, ularga kontrabaschi ayol qoʻshilgandan soʻng, bu duet „Saffire – The Uppity Blues Women“ nomini oladi.

Baʼzi tanqidchilar bu jamoani hozirgi kunda anʼanaviy akustik blyuz ijro etuvchi ayollar guruhlari orasidagi eng yaxshisi deb hisoblaydilar.

1990-yilda guruhning „Middle Aged Blues Boogie“ qoʻshigʻi Uilyam Xendi (WC Handy Awards, Blues Music Awards) nufuzli blyuz marosimida „Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i“ nominatsiyasidagi eng yaxshi qo‘shiqlardan biri bo‘ldi. 90-yillar davomida Gaye milliy jamoat radiosida blyuz haqidagi dasturlarni olib borgan. Gaye saraton kasalligiga chalingan va kasallikdan davolanmoqda[6]. 1999-yilda „Bitter Sweet Blues“ nomli birinchi yakka albomi chiqqan.

Gaye 1991-yilda oʻzining umr yoʻldoshi Suzanne Moe bilan tanishgan[7]. 2000-yilda Geya Adegbalola „The Advocate“ jurnalida oʻzining jinsiy moyilligini oshkor etdi[8].

  1. 1,0 1,1 Gaye Adegbalola[sayt ishlamaydi], All Media Guide (2007); retrieved August 2, 2008.
  2. Johnson, Virginia. African American History in the Rappahannock Region (Wayback Machine saytida 2008-05-13 sanasida arxivlangan), HistoryPoint.org. Retrieved August 2, 2008.
  3. Miller, Dan. "Nothing but the blues"[sayt ishlamaydi], Washington Blade, May 28, 2004. Retrieved August 1, 2008.
  4. 1982 State Teachers of the Year (Wayback Machine saytida March 13, 2009, sanasida arxivlangan), Council of Chief State School Officers. June 26, 2008. Retrieved August 2, 2008.
  5. Adegbalola, Gaye; Faye, Andra; Rabson, Ann. Conan, Neal, "Saffire, Uppity Blues Women", NPR: Talk of the Nation, April 27, 2006. Retrieved August 1, 2008.
  6. „AN UPPITY ATTITUDE ABOUT CANCER“ (en). Fredericksburg.com (2009-yil 8-may). Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
  7. Miller, Dan. "Nothing but the blues"[sayt ishlamaydi], Washington Blade, May 28, 2004. Retrieved August 1, 2008.
  8. Lehoczky, Etelka. "Gaye Ol' Time - blues singers Gaye Adegbalola", The Advocate, February 15, 2000. Retrieved August 1, 2008.