Gay-Lussac qonunlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gey-lyussak qonunlari - 1) gazlarning issiqlikdan kengayish qonuni: asosiy gaz qonunlaridan biri; unga koʻra oʻzgarmas bosimda gaz massasining hajmi t-ra oʻzgarishi bilan chiziqli oʻzgara bo-radi: V=V/l+a.J); bu yerda: Vo va V, gazning boshlangʻich va oxirgi t-ralardagi hajmlari, / — shu t-ralar farqi, av — oʻzgarmas bosimda gaz hajmining kengayish koeffitsiyenti, barcha gazlar uchun 1/273,15 K-’ga teng . G.L. q. ideal gazlar uchungina toʻgʻri. 1802 y.da J. L. Gey-Lyussak aniqlagan; 2) hajmiy nisbatlar qonuni: t-ra va bosim bir xil boʻlganda kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan gazlarning hajmi bir-biriga nisbatan ham va bu reaksiyada hosil boʻlgan gazsimon moddaning hajmiga nisbatan ham oddiy nisbatda boʻladi (mas, 1 hajm vodorod 1 hajm xlor bilan birikadi; ayni vaqtda 2 hajm vodorod xlorid hosil boʻladi: N2+S12=2NS1. Bu yerda gazlar hajmining nisbati 1:1:2 ga teng). Faqdt ideal gazlar uchungina toʻgʻri. J. L. Gey-Lyussak 1808 y.da aniqlagan. Bu qonun Avogadro konunityug ochilishida katta rol oʻynagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil