Gavr
Qiyofa
Gavr — Fransiyadagi shahar, Sena daryosi Sena qoʻltiqchasiga (La-Mansh boʻgʻozi) quyiladigan joyda. Aholisi 196 ming kishi (1990). Yirik port, Parijning avanporti: Chetga chiqariladigan yuklarning 70—80% neft. Gavan yaxshi jihozlangan. Kemasozlik, mashinasozlik, kimyo, sement, ip gazlama, oziq-ovqat sanoati, rangli metallurgiya, neft tozalash korxonalari bor. G. orqali chetga neft, paxta, kofe, shakarqand chiqariladi. Okeanografiya instituti, shahar yaqinidagi cherkovda (XI—XIV asrlar) oʻrta asr haykaltaroshligi va arxeologiya muzeyi bor. G. 1517-yilda baliqchilar shaharchasi oʻrnida barpo etilgan. XVII—XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Gavr" OʻzME. F-harfi (Wayback Machine saytida 2022-10-05 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil