Gattaca

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gattaca
Gataca Movie Poster B.jpg
Rejissor Andrew Niccol
Produser Danny DeVito
Ssenariy muallifi Andrew Niccol
Rollarda Ethan Hawke
Uma Thurman
Jude Law
Gore Vidal
Xander Berkeley
Bastakor Michael Nyman
Kinematografiya Slawomir Idziak
Distributor Columbia Pictures
Premyera sanasi 24-oktabr, 1997
Davomiyligi 106 daq.
Mamlakat Flag of Qoʻshma Shtatlar AQSh
Til Inglizcha
Esperanto
Mablagʻ $36 million
Daromad $12 532 777
Rasmiy web-sahifasi
All Movie Guide profili
IMDb profili

Gattaca (talaffuzi: Gattaka) 1997-yilda ekranlarga chiqqan Amerika ilmiy-fantastik drama filmidir. Ssenariy muallifi — Andrew Niccol, bosh rollarda — Ethan Hawke, Uma Thurman va Jude Law.

Film kelajakda liberal yevgenik siyosat bilan boshqarilayotgan jamiyat haqida hikoya qiladi. Oʻrta va yuqori sinf vakillari genetik tanlash orqali bola oʻstirish imkoniga egadirlar. Bu ularni tabiiy, oddiy yoʻl bilan oʻstirilgan bolalardan aqlan, jismonan ustun qiladi. Natijada oddiy odamlar kamsitiladilar, qora ishlarga joylashtiriladilar. Filmning bosh qahramoni ham oddiy oʻstirilgan odam boʻlsa-da, kuchli irodasi tufayli orzusi — fazogirlikka erishadi.

Film nomi DNK nukleotidlari - adenin, sitozin (ingl. cytosine), guanin va timin atamalarining bosh harflaridan tuzilgan.