Gastronomik turizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gastronomik turizm, yoki oshxona turizmi, turizmning asosiy turlaridan biri boʻlib, asosiy maqsadi, sayyohlarning ma’lum bir mamlakatga, sayohat qilishi asnosida, oʻsha davlatning milliy oshxonasi va ovqatlanish madaniyati bilan ham, yaqindan tanishishidir. Gastronomik sayyoh, birinchi navbatda, madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan, milliy va anʼanaviy taomlarni, tayyorlash jarayoni, dasturxonga tortish usullari, ovqatlanish tartibi va pozitsiyalarini, koʻrish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining, tarixini, iqtisodiyotini, davlat siyosati hamda mahalliy aholining eʼtiqodlarini oʻrganadi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gastronomik turizm, odatda ikki turga boʻlinadi;

  1. Agroturizm, dala (qishloq) gastronomik turizmi; Sayohat qilinayotgan davlatning, ekologik toza mahsulotlari (meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari, uzumchilik) ni, hosilini yig’ish yoki qadoqlashni o’z ko’zi bilan ko’rish va mahsulotlarni ta’tib ko’rish tushiniladi.
  2. Shahar gastronimik turizmi, mahalliy mahsulotlarni qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan korxonalar, milliy taomlar tayyorlaydigan ovqatlanish shaxobchalarida, oziq-ovqat do’konlariga va boshqa ob’yektlarga, tashrif buyurib, ularni o’rganish va ta’tib ko’rishni o’z ichiga oladi.

Hozirgi vaqtda, dunyoning ko’p mamlakatlarida, gastronomik turizm rivojlangan; • Fransiya va Bolgariya davlatlaridagi uzumchilik va vinochilik sohasiga sayohatlar, • Gollandiya, Shveysariya va Italiya davlatlaridagi pishloqchilik faoliyatini o’rganish va ta’tib ko’rish sayohatlari. • Germaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya davlatlaridagi pivochilikga ixtisoslashgan sayohatlar shular jumlasidandir!

Gastronomik sayyohlar; • odatiy sayyohlikdan zerikkan sayyoh; • Ovqatlanish ratsioniga o’zgartirish kiritayotgan sayyoh; • Gurmanlar (oziq-ovqatlarni baholovchi va ta’tib ko’ruvchilar) • kasb-kori gastronomiya bilan bo’g’liq mutaxassislar (restoratorlar, oshpazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari) • sayyohlik agentlari (sayyohlik turlari tashkil qilishlari uchun, milliy taomlarni o’rganadilar)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]