Kontent qismiga oʻtish

Qosimbey masjidi

Koordinatalari: 40°22′21″N 49°49′57″E / 40.37250°N 49.83256°E / 40.37250; 49.83256
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gasimbey masjididan yoʻnaltirildi)
Masjid
Gasimbey masjidi
ozarbayjoncha: Qasımbəy Məscidi
Masjid, 2007-yil
Mamlakat  Ozarbayjon
Joylashuvi 23 Hazı Aslanov koʻchasi, Boku, Yasamal tumani
Koordinatalar 40°22′21″N 49°49′57″E / 40.37250°N 49.83256°E / 40.37250; 49.83256
Binokorlik sanasi 1892 yil
Umumiy maydoni 330 m2 (3,600 kv ft)
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 31 m (102 ft)
Holati faol

Qosimbey masjidi – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan masjid, tarixiy-meʼmoriy yodgorlik.

Masjidning qurilish ishlari 1896-yilda tamomlangan va 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Sovet istilosi davrida masjid tashlab qoʻyilgan, Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, binodan masjid sifatida foydalana boshlangan.

Masjid haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosimbey masjidi 1892–1896-yillarda Boku shahrida qurilgan[1]. Bino Yasamal tumanidagi 23 Həzi Aslanov koʻchasida joylashgan. Masjid meʼmori Mashadi Mirza Gʻofur Ismoilov boʻlib, Qosimbey tomonidan qurdirilgan[1].

1928-yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik Partiyasining Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni dunyoviy maqsadlar uchun taʼlim klublariga berilgan. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu son 1700 taga, 1928-yilda 1369 taga, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan[1].

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid 2001-yil 2-avgustdagi 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Masjid 1992-yildan yana faoliyat yuritishni boshlagan[1]. Hozirgi kunda Qosimbey jomeʼ masjidi davlat roʻyxatida[1].

Meʼmoriy jihatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning umumiy maydoni 330 m², ichki maydoni esa 250 m²[1]. Masjid minorasining balandligi 31 m[1]. Minoraning pastki qismi toʻrtburchak shaklda boʻlib, eni 2.5 m, balandligi 6 m. Minoraning pastki qismga arab yozuvi bilan Qur’on oyatlari yozilgan[1]. Masjid 1 ta gumbazga ega.

Vikiomborda Gasim Bey Mosque mavzusiga oid fayllar bor