Gary Hooper

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gari Xuper (inglizcha: Gary Hooper) 1988-yil 26-yanvarda Angliyaning Esseks shtatida tugʻilgan[1]. Gari Xuper ingliz futbolchisi boʻlib, maydonda hujumchi vazifasini bajaradi.

Gary Hooper Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 26-yanvar 1988-yil(1988-01-26)(34 yosh)
Esseks, Angliya
Fuqaroligi Flag Anglii Angliya
Boʻyi 177 sm
Vazni 71 kg
Pozitsiya hujumchi
Yoshlar klubi
1995—2002 Flag Anglii Tottenxem Xotspur
2002—2003 Flag Anglii Meldon Taun
2003—2004 Flag Anglii Greys Atletik
Jamoalardagi faoliyati
2004—2006 Flag Anglii Greys Atletik 66 (20)
2006—2008 Flag Anglii Sautend United 32 (2)
2007 Flag Anglii Leyton Orient 4 (2)
2008 Flag Anglii Xereford United 19 (11)
2008—2010 Flag Anglii Skantorp United 80 (43)
2010—2013 Flag Shotlandii Seltik 95 (63)
2013—2016 Flag Anglii Norvich Siti 64 (18)
2015—2016 Sheffield Wednesday 12 (6)
2016—2019 Flag Anglii Sheffield Wednesday 70 (24)
2019—2020 Flag Avstralii Vellington Feniks 21 (8)
2019—2020 Flag Avstralii Vellington Feniks B 1 (1)
2020—2021 Flag Indii Kerala Blasters 18 (5)
2021—2022 Flag Avstralii Vellington Feniks 14 (4)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Greys Athletic“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xuper 1988-yil 26-yanvarda Angliyaning Esseks shtati Loughton shahrida tugʻilgan.

Garining professional faoliyati 2004-yilda „Greys Athletic“ bilan birinchi shartnomasini imzolaganida boshlangan. Jamoa safidagi debyut mavsumida Xuper „Greys Athletic“ jamoasi uchun asosiy oʻyinchiga aylangan va 29 oʻyinda 12 ta gol urib, jamoasiga Janubiy Konferensiya turnirida gʻalaba qozonishga yordam bergan[2]. Keyingi yil hujumchining „Atletik“ klubidagi oʻrni mustahkamlandi. Gari 41 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol kiritishni uddalagan. Uning klubi ikkinchi Angliya ligasiga chiqish uchun pley-offda oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi, ammo yarim finalda umumiy hisobda „Halifax Town“ga imkoniyatni boy berib qoʻygan.

„Sautend United“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil iyul oyida Xuper „Sautend United“da sinov uchun taklif qilingan. Gari dengiz qirgʻoqlari safida oʻtkazgan bir oylik sinov davomida jamoa bosh murabbiyi Stiv Tilsonga oʻzining professionalligini isbotlashga muvaffaq boʻlgan va 1-avgust kuni ular bilan bir yillik shartnoma imzolagan. 22-avgust kuni Xuper yangi jamoada debyut qilgan. Hujumchi Angliya Liga kubogi doirasida „Bornmut“ga qarshi oʻyinda Jeyms Louson oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 24-oktabr kuni Gari „Sautend“ safidagi ilk gollarini urgan — Liga kubogi bahsida hujumchining ikkita aniq zarbasi jamoasiga „Lids United“ ustidan gʻalaba keltirgan.

„Leyton Orient“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilning mart oyida Xuper 2006/07-yilgi mavsum oxirigacha „Leyton Orient“ga ijaraga berilgan. London jamoasi uchun dastlabki ikki oʻyinda hujumchi „Oldxem Atletik“ va „Skuntorp United“ darvozasiga toʻp kiritgan. May oyi boshida „Sautend“ Garini ijaradan qaytarib olgan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 14-martda Xuper oʻz faoliyatida birinchi marta Angliya yoshlar terma jamoasi bayrogʻi ostida Daniya va Islandiyalik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan[3].






Futboldagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Chempionat Kubok Liga kubogi Chaqiruv kubogi Liga Pley-off bosqichi Yevrokubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Greys Atletik 2004/05 29 12 29 12
2005/06 37 8 2 0 1 0 1 0 41 8
Jami 66 20 2 0 0 0 1 0 1 0 0 0 70 20
Leyton Orient 2006/07 4 2 4 2
Jami 4 2 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 4 2
Sautend United 2006/07 19 0 1 0 5 2 25 2
2007/08 13 2 3 0 2 0 1 0 19 2
Jami 32 2 4 0 7 2 1 0 0 0 0 0 44 4
Xereford United 2007/08 19 11 4 2
Jami 4 2 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 4 2
Skantorp United 2008/09 45 24 3 4 1 0 5 2 2 0 56 30
2009/10 35 19 1 0 3 1 39 20
Jami 80 43 4 4 4 1 5 2 2 0 0 0 95 50
Seltik 2010/11 26 20 5 0 4 1 1 1 36 22
2011/12 37 24 3 1 4 2 6 2 50 29
2012/13 27 16 3 0 3 6 11 4 44 26
Jami 90 60 11 1 11 9 0 0 0 0 18 7 130 77
Umumiy faoliyatida 276 129 21 5 22 12 7 2 3 0 18 7 347 155

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Scouting report: Gary Hooper, Scunthorpe United, guardian.co.uk. Data obraщeniya 6-noyabrya 2010. (angl.)
  2. „Grays Athletic 5 — 0 Scarborough“. bbc.co.uk. Qaraldi: 2010-yil 6-noyabr.(ingl.)
  3. „Celtic's Gary Hooper called up for England Under-21s“. BBC Sport (2011-yil 14-mart). Qaraldi: 2013-yil 2-fevral.(ingl.)