Garvard astronomiya rasadxonasi
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Garvard astronomiya rasadxonasi — Garvard universitetinint i. t. muassasasi. 1839 y.da qurilgan, 1955 y.da Kembrijdagi Smitson astrofizika rasadxonasiga birlashtirilgan. G. a. r. meteorlarni fotografik usulda kuzatish, oʻzgaruvchan yulduzlar va metagalaktikani oʻrganish, kosmologiya va b. ishlar bilan shugʻullanadi. Asosiy asboblari: 1,5 m li reflektor, 60 va 80 mm li Shmitd teleskopi, 18 mm li radioteleskop va b. Rasadxonada koʻp yillar davomida olingan yarim milliondan ortiq fotosuratlar saqlanadi. G. a. r. tarkibiga: universitetning oʻzida joylashgan astronomiya rasadxonasi (1844 y.dan). Boston, Klaymaks (AQSH, Kolorado shtati) va Blumfonteyn (JAR) da joylashgan astronomiya va meteorlarni kuzatish st-yalari kiradi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |