Garem (yaponcha ハーレム) — anime va mangadagi munosabatlar janri boʻlib, unda bosh qahramon qarama-qarshi jinsdagi koʻp sonli personajlar bilan oʻralgan. Ayol qahramonlar qahramonning eʼtiborini jalb qilish uchun bir-biri bilan raqobatlashishi mumkin.[1] „Garem“ ga toʻliq tegishli boʻlmagan koʻplab seriallar personajlar munosabatlarini murakkablashtirish uchun janrning ishlanmalaridan foydalanadi.